Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Ispaniya kubogi. «Barselona» «Selta»ni tor-mor etdi (video)

Ispaniya kubogi. «Barselona» «Selta»ni tor-mor etdi (video)

Baho:
+ | -1

Ispaniya kubogining nimchorak final bosqichi yakuniga yetdi. "Barselona" klubi o‘z maydonida "Selta"ga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazdi. Vigo shahrida bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishgandi. Bu safar esa kataloniyaliklar raqibga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi.

Bahsning 13 va 15-daqiqalarida Lionel Messi o‘z hisobiga 2ta gol yozib, o‘yin taqdirini amalda hal qilib qo‘ydi. Mezbonlar tanaffusga qadar raqib darvozasini yana ikki marta ishg‘ol qilishdi. Gol mualliflari — Alba va Luis Suares. Ikkinchi bo‘lim so‘ngida Ivan Rakitich hisobni 5:0 ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.

Shu tariqa, "Barselona" Ispaniya qirollik kubogining chorak finaliga yo‘l oldi.

Ispaniya kubogi, chorak final, javob o‘yini
Barselona – Selta 5:0 (4:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 13 Messi, 2:0 – 15 Messi, 3:0 – 28 Alba, 4:0 – 31 Suares, 5:0 – 87 Rakitich.
Barselona – Sillessen, Pike (Vermalen, 46), Alba, Nelson Semedu, Maskerano, Rakitich, Buskets, Andre Gomesh, Inyesta (Xose Arnais, 63), Suares, Messi (Dembele, 59).
Selta – Alvares, Gomes, Kastro, Malyo, Fontas, Lobotka, Xosabed, Mor, Vass (Radoya, 46), Sisto (Brais Mendes, 57), Aspas (Maksi Gomes, 46).
Birinchi o‘yin – 1:1

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:44, 12.01.2018.
O'qildi: 7953 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик