Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Koutinyo keldi: «Barselona» qaysi taktikada o‘ynagani ma’qul?

Koutinyo keldi: «Barselona» qaysi taktikada o‘ynagani ma’qul?

Baho:
+ | -

Nihoyat, Filippe Koutinyo «Barselona»ga rasman o‘tdi. Aslida, ko‘pchilik «Liverpul»ning qat’iyati tufayli mazkur transferning yozda amalga oshishiga ishongandi. Biroq oraga Koutinyoning qat’iyati qo‘shildi-yu, «Barselona»ning imkoniyatlari oshib ketdi. Kataloniya klubi 160 mln yevro evaziga braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu «Barselona» uchun kerak transfer edi, chunki ayni damda klub uchta jabhada — La Liga, Ispaniya kubogi va YECHL g‘olibligi uchun kurash olib bormoqda.

«Barselona» klubi rahbariyati Filippeni yozda Messining o‘rnini egallovchi futbolchi sifatida xarid qilishni istagandi. Keyinchalik esa Bartomeu bu futbolchini tezroq xarid qilishni istadi va katta summa sarflashdan qochmadi, hatto Koutinyoning «Barselona» safida YECHLda o‘ynay olmasligi ham uni niyatidan qaytara olmadi.

KOUTINYO XIZMATIGA EHTIYOJ

O‘z navbatida Neymar ketganidan keyin «Barselona» murabbiylar shtabi uning o‘rnini egallaydigan futbolchi topa olmadi. Ernesto Valverde chap qanot hujumida Jerar Deulofeu, Denis Suares, Serxi Roberto va hatto 105 millionga sotib olingan Usmon Dembeleni ham o‘ynatib ko‘rdi. Biroq vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarmagach, Valverde o‘yin taktikasini o‘zgartirishga, 4-3-3 dan 4-4-2 taktik sxemasiga o‘tishga majbur bo‘ldi. To‘g‘ri, murabbiy chap qanot hujumida Dembelening xizmatidan foydalanishda davom etishi mumkin edi, biroq yangi Neymar bo‘lishi kutilayotgan Dembele jiddiy jarohat oldi va Neymarning o‘rnini egallash imkonini qo‘ldan boy berdi. Natijada Valverde asosiy tarkibda ikkita hujumchidan foydalanadigan bo‘ldi.

Biroq Koutinyo kelganidan keyin «Barselona»ning o‘yin taktikasi o‘zgarishi muqarrar. O‘z navbatida Valverde yangi futbolchilar tufayli hozirgi asosiy tarkib futbolchilarining ayrimlarini qurbon qilishga majbur bo‘ladi. Agar Dembele asosiy tarkibdagi joyini qaytarib olsa, bahorda kamida ikkita asosiy tarkib futbolchisi zaxiradan joy oladi.

Ayni damda Valverde yangi taktika borasida bosh qotirayotgani aniq. Xo‘sh, ispaniyalik mutaxassis qanday qarorga kelishi mumkin?

Birinchi variant: 4-3-3 (Koutinyo — chap qanot yarim himoyachisi)

Endi ayting-chi, Koutinyoning transferi haqida gap ketganda, dastlab, u nima maqsadda sotib olinyapti, deb o‘ylagandingiz? Albatta, Filippe Andres Inyestaning o‘rnini egallashi mumkin, chunki bu mantiqan to‘g‘ri qaror. Yana shunisi qulayki, YECHLda Koutinyo asosiydagi o‘rnini o‘z-o‘zidan Inyestaga bo‘shatib beradi. Bu taktikada hujumda Messi, Suares va Dembele harakat qiladi, Messi va Dembele esa o‘z o‘rnini almashtirib o‘ynasa ajabmas.

Ikkinchi variant: 4-4-2 (Koutinyo — chap qanot yarim himoyachisi) davomi

Manba: mazmun.uz
Kiritildi: 09:44, 12.01.2018.
O'qildi: 9943 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.