Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

O‘FFda bolalar futboli mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘FFda bolalar futboli mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Bugun 15 yanvar kuni O‘zbekiston futbol federasiyasida bolalar va o‘smirlar hamda ommaviy futbolni rivojlantirish, malakali murabbiylar tayyorlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘FFning mas’ullari hamda mamlakatimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirok etishdi.

Avval ma’lum qilinganidek, bu yil butun respublika bo‘ylab bolalar va o‘smirlar hamda ommaviy futbol bo‘yicha 1000ga yaqin musobaqa o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tadbir davomida O‘FF Texnik rivojlantirish boshqarmasi tomonidan yig‘ilganlarga bolalar va o‘smirlar hamda ommaviy futbol musobaqalarini o‘tkazish tartibi hamda murabbiylarni tayyorlashning yangi tizimi bo‘yicha taqdimot qilindi hamda musobaqalar taqvimi belgilab olindi. Mutaxassislarga hududlarda bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirishda, musobaqalarni o‘tkazishda ahamiyat qaratish kerak bo‘lgan muhim jihatlar haqida ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Bundan tashqari, joylarda bolalar va o‘smirlar futboli bo‘yicha ish olib borayotgan mutaxassislar o‘z ishiga qanchalik loyiq ekanini aniqlash, malakasini tekshirish uchun ular bilan suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, murabbiylarni tayyorlash bo‘yicha mutaxassislarning malakasi ham sinovdan o‘tkazildi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 15:33, 15.01.2018.
O'qildi: 1943 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик