Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Bunyodkor»da yoshlar va ayollar jamoalari taqdirlandi

«Bunyodkor»da yoshlar va ayollar jamoalari taqdirlandi

Baho:
+ | -

12 yanvar kuni Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubida yoshlar va ayollar jamoalarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xabaringiz bor, Shuhrat Maqsudov boshchiligidagi yosh “qaldirg‘ochlar” 2017 yilgi O‘zbekiston chempionati yoshlar birinchiligi bahslarini a’lo darajada o‘tkazishib, yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritishgandi. Shuningdek, “Bunyodkor” ayollar jamoasi ham ortda qolgan mavsumni sovrindovlar qatorida yakunladilar. Elmira G‘ulomova boshchiligidagi ayollarimiz chempionat-2017 yakuniga ko‘ra, bronza medallariga ega chiqishgandi.

Bugun, “Bunyodkor” stadionida ushbu ikki jamoani taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston futbol federasiyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullayev va “Bunyodkor” futbol klubi bosh direktori Murodjon Aliyev ishtirok etdi.

- 2017 yilda yoshlar jamoamiz bizni juda xursand qildi. Ular mavsumni yaxshi saviyada o‘tkazishib, qator g‘alabalarga erishishdi va yakunda yoshlar birinchiligi g‘olibligini qo‘lga kiritishdi. Kelajagimizni – yoshlar bilan quramiz. Chunki jamoaning ertasi aynan Sizlarning qo‘lingizda. Shuningdek, ayollar jamoamiz tashkil etilganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Shunga qaramasdan ular ilk sovrinlarini qo‘lga kiritishdi. Bu jamoamiz yildan-yilga o‘sib bormoqda. O‘ylaymanki, 2018 yil yakunida ular yanada yuqoriroq marralarni zabt etishadi, - dedi Murodjon Aliyev.

Shundan so‘ng, “Bunyodkor” yoshlar jamoasiga kichik oltin, ayollar jamoasiga bronza medallari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, yaqindagi “Bunyodkor” futbol maktabiga qabul qilingan yangiyo‘llik Komiljon Ismoilovga ham tantanali ravishda jamoa libosi topshirildi.

Xabaringiz bor, kuni kecha O‘zbekiston futbol federasiyasi hamda “Mahalla Hayriya jamg‘armasi” o‘rtasida o‘zaro memorandum imzolangan edi. Ushbu memorandum ijrosini ta’minlash maqsadida, “Bunyodkor” futbol klubi ham o‘ziga yaqin bo‘lgan “Navbahor” mahallasi aholisi bilan yaqin munosabatlarni o‘rnatdi. Tadbirga “Navbahor” mahallasi faollari taklif etilib, o‘ziga xos suhbat qurildi. Ko‘pni ko‘rgan, tajribasi katta nuroniy otaxonlarning maslahat va fikrlari tinglandi.

Manba: www.bunyodkor.com
Kiritildi: 13:17, 16.01.2018.
O'qildi: 2299 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.