Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Endi O‘zbekistonning 16 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalari Ispaniyadagi ochiq chempionatlarda ishtirok etadi

Endi O‘zbekistonning 16 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalari Ispaniyadagi ochiq chempionatlarda ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov ayni paytda Ispaniya poytaxti  Madrid shahrida bo‘lib turibdi.

Umid Ahmadjonov kecha "Real" Madrid klubi prezidenti Florentino Peres, jamoa Bosh direktori Xose Anxel Sanches, klubning Tashqi aloqalar bo‘limi direktori Emilyo Butragenyo, "Stellar group" agentlik kompaniyasining Ispaniya va Portugaliya bo‘limi prezidenti Luis Alonso bilan ko‘rishgandi.

Bugun Ispaniya futbol federasiyasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda Umid Ahmadjonov Ispaniya FF Texnik direktori Fernando Yerro va Murabbiylar tayyorlash Qo‘mitasi direktori Eduardo Katurla bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston Futbol federasiyasi va Ispaniya futbol federasiyasi o‘rtasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Kelishuvga ko‘ra enidilikda O‘zbekistonning 16 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalari Ispaniyadagi ochiq chempionatlarda ishtirok etadi. Shuningdek, Superliga klublari vakillari Ispaniyaning “Real” Madrid, “Barselona” kabi kuchli jamoalariga safar uyushtirib, bu klublarning ish olib borish tizimi, infratuzilmasi, mashg‘ulotlar olib borish jarayonlari bilan yaqindan tanishadi.

Ispaniya FFning faoliyatini yaqindan o‘rganish maqsadida shu yilning mart oyida O‘zbekiston futbol federasiyasi delegasiyasini Ispaniyaga yuborish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.  Shuningdek, Ispaniya FFdan ham delegasiya yurtimizga tashrif buyuradi. Ular tomonidan ajratilgan Texnik direktor yurtimizda bo‘lib, o‘zbek futbolini rivojdantirishning yangi tizimini yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.

Endilikda O‘zbekiston futbol federasiyasi ham Ispaniya futbol federasiyasidagi tizim asosida ish olib boradi. Hattoki, O‘FFdagi shtat birliklarini ham Ispaniya FFdagi bilan bir xil asosda tashkil etish rejalashtirilgan.

Bugun Umid Ahmadjonov “Real Madrid” akademiyasi prezidenti Xulio Ronko bilan ham uchrashishi ko‘zda tutilgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:22, 22.01.2018.
O'qildi: 7023 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.