"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger jamoaning sobiq futbolchisi Aleksis Sanchesning doping nazoratini o‘tkazib yuborgani xususida fikr bildirdi.
Doping nazoratchilari "Arsenal" qarorgohiga kelib, Sanchesdan test olishlari kerak edi, ammo u klub ruxsati bilan "MYU" tibbiy ko‘rigidan o‘tish uchun jo‘nab ketdi.
"U uchun bu o‘zgacha kun bo‘ldi. Muzokaralar o‘tdi. Bunday vaziyatda u doping nazoratini o‘tkazib yuborishi mumkin. Unda doping borasida qandaydir muammo topilishi meni bezovta qilmaydi.
Ma’muriy tomondan bu bizning aybimiz. U o‘sha kuni "MYU"ga o‘tdi. Biz odatda o‘yinchilarimizga qulay sharoit yaratamiz", - deydi Venger.