Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/06 19:30 Bunyodkor 0-3 Neftchi
02/06 00:00 Borussiya D 0-2 Real Madrid
02/06 19:00 Andijon - Paxtakor
02/06 19:30 Nasaf - Lokomotiv
02/06 21:00 Atalanta - Fiorentina

O‘yin – biznes – reja yoxud qachon kuchli terma jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etamiz?

O‘yin – biznes – reja yoxud qachon kuchli terma jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etamiz?

Baho:
+ | -

Ancha vaqtlar oldin o‘rtoqlik o‘yinlari haqida maqola yozgandim. O‘shanda O‘zbekiston milliy jamoasi ishtirokida Toshkentda biror jiddiyroq raqibga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazilishini xohlardik.

Hozir ham o‘sha orzu ushalmagan. Shu bois yana ayni mavzuga qo‘l urdik. Aniqrog‘i, maqola yozilishiga sabab bo‘lgan boshqa narsalar ham bor.

Yaqinda futbolning ashaddiy ishqibozi bo‘lgan qadrdonimiz bilan gaplashib qoldik. Maqola g‘oyasi aynan shu kishiga tegishli. Maqsad esa shundan iborat - modomiki, O‘zbekiston futbol federasiyasi tokaygacha kuchliroq jamoa bilan o‘rtoqlik o‘yini tashkillay olmagan ekan, nima uchun shu ishni boshqa biror kishi amalga oshirmasligi lozim? Qanday qilib? Hozir shu haqida.

Toshkentga Argentina, Braziliya yoki Chili termasini olib kelish hozir fantastikaga qiyoslanadi. Ammo bu jamoalarni ko‘ndirish uchun eng muhimi nima?

Pul, albatta. Ko‘p pul. Agar yaxshi mablag‘ to‘lasangiz, Messi bo‘lmasada, Dibala yo Ikardi albatta, Toshkentga keladi. «Qalovini topsang, qor ham yonadi», degan gap aynan bizning xalqimizga tegishli. Shunday ekan, nima uchun o‘sha qalovni topmaslik lozim?

Internetdagi ma’lumotlarga qaraganda, Janubiy Amerikadan raqib taklif etish 500 ming dollardan 2 million dollarga qadar borishi mumkin. Afrika jamoalarining narxi esa biroz pastroq. Masalan, Kot-d~-Ivuar termasining 400 ming dollar evaziga Toshkentga kelishi mumkinligi aytilgandi.

Ammo o‘sha vaqtlarda Didye Drogba hali futbol o‘ynardi. Hozir ancha arzonlab qolgan bo‘lishi kerak. Mayli, narxlar aynan qancha bo‘lishini aniq aytish shart emas. Muhimi, o‘sha pulni qayerdan topishda. Xo‘sh, qanday topsa bo‘ladi?

G‘oya muallifining aytishicha, bu unchalik murakkab ish emas. Tadbirkor odam hammasini tashkillashtira oladi. Avvalo, barcha mas’uliyatni O‘FFga yuklab, o‘rtoqlik o‘yini o‘z-o‘zidan o‘tkazilishini poylab o‘tirish shartmas.

Masalan, tashkilotchilik bilan shug‘ullanadigan kompaniyalardan biri bu vazifani o‘z zimmasiga olsa bo‘ladi. Buning uchun avvalo, O‘FF bilan kelishib olish lozim. Agar o‘zimiznikilar o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishga rozi bo‘lishmasa, Argentina tugul Bangladesh termasini ham olib kelolmaysiz.

O‘zimiznikilarni bir amallab ko‘ndirsangiz, keyin nazorat uchrashuvi o‘tkazadigan xalqaro kompaniyalarga murojaat qilish mumkin bo‘ladi. Ularga kerakli raqiblar borasida so‘rovnoma beriladi.

Har qanday jamoaning narxi bor - Argentinada ham, Braziliyada ham. Shunchaki, o‘sha summani to‘lashga rozi bo‘lsangiz, Toshkentga kuchli raqib keladi. Albatta, erta yoki indinga emas, dunyo darajasidagi termalarning o‘rtoqlik o‘yinlari jadvali bir necha yil oldin tuzilgan bo‘ladi.

Demak, ehtimoliy O‘zbekiston - Argentina o‘yini ham faqat bir yildan so‘ng o‘tkazilishi mumkin. Sobiq TJMning xatolarini takrorlamaslik uchun o‘sha muddatni hozirdan belgilab, shartnoma imzolab qo‘yish lozim. Dastlabki to‘lovni ham amalga oshirib qo‘ysangiz bo‘lgani, bir yilmi, ikki yilmi, ishqilib, qachondir kutilgan uchrashuv o‘tkaziladi.

Ana shundan so‘ng asosiy ish boshlanadi. O‘rtoqlik bahsini tashkil etuvchi kompaniya keng qamrovli targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yishi lozim. Chiptalar savdosi ham darhol boshlanishi shart. Bir yil o‘tishini kutib o‘tirmaslik lozim.

Xalqimiz futbolni yaxshi ko‘radi. Aks holda, O‘zbekiston milliy jamoasining JCH saralashidagi o‘yinlariga 500-600 ming so‘mga chipta sotib olmasdi.

Olib-cotarlarning oshig‘i olchi bo‘lgandi o‘shanda. Xaridorbop sektorlar chiptasi kassaga qadar ham yetib bormaganini eshitganmiz. To‘ppa-to‘g‘ri «qo‘lga» chiqib ketgan.

O‘shanda 15-20 barobar qimmat narxda chipta sotib olgan xalqimiz nega endi Messi, Di Mariya yoki Dibalaning o‘yinini ko‘rish uchun 300 mingga chipta olmasin? Oladi.

Endi bir o‘ylab ko‘ring, DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:32, 27.01.2018.
O'qildi: 3691 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.