“Manchester Yunayted”ning yangi a’zosi Aleksis Sanches yashash uchun ajoyib uy topdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Joze Mourinyo dastlab uni mehmonxonaga joylashtirgan, biroq chililik hujumchi tezda o‘ziga uy topdi. U Cheshir hududidagi hashamatli uyda istiqomat qilmoqchi. Mazkur uyda ilgari Karlos Teves yashagan.
Bu uy basseyn, bar, to‘rtta mehmonxona va 40 sotix maydondan iborat.