Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Umid Ahmadjonovdan Davlatimiz Rahbariga minnatdorchilik

Umid Ahmadjonovdan Davlatimiz Rahbariga minnatdorchilik

Baho:
+ | -

Barchamiz uchun birdek qadrli bo‘lgan yurtboshimiz Shavkat Miromonovich!

Bugun sizga o‘zbekistonlik millionlab futbol muxlislari, murabbiylar, federasiyamiz vakillari va albatta, Osiyo maydonlarida mardonavor to‘p surgan terma jamoamiz a’zolari nomidan maktub bitayotganimizdan bag‘oyatda baxtiyorman.

Sizning rahnamoligingizda O‘zbekiston sporti, xususan futbolimiz oldinga kattagina qadam tashladi deb bemalol ayta olamiz! O‘tgan yil yakunida yuz bergan o‘zgarishlar ko‘p o‘tmay, o‘zining mevasini bera boshladi va 23 yoshgacha bo‘lgan yigitlarimizdan tashkil topgan jamoamiz Osiyo mamlakatlarini ortda qoldirib, qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi. Bunda sizning farzandlaringiz, mamlakatning yetuk o‘g‘lonlari futboli taraqqiy etgan Xitoy, Ummon, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlat termalari mag‘lub etib, dramatik ruhda kechgan o‘yinda Vyetnamni ham dog‘da qoldirib, shohsupaning eng yuqorisidan joy olishdi.

Bir necha oy ilgari O‘zbekiston yakkakurashlarda o‘z o‘rniga ega ekani haqida aytib, jamoaviy sport turlarida ham o‘sishimiz, oldinga qadam tashlashimiz zarurligini kuyunib gapirgandingiz. Ishonamanki, sizning bu so‘zlaringiz o‘zbekistonlik barcha sportchilarimizning ongiga muhrlanib, ularning yuraklariga qadar yetib borgan. Biz buni futbolchilarimiz misolida ko‘rib turibmiz.

Sizning rahbarligingiz, tashabbusingiz va albatta g‘amxo‘rligingiz ostida mehnat qilish barchamiz uchun birdek sharafli. Umid qilamizki, yangi yildagi debyut g‘alabamiz qolgan futbolchilar ruhiyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatib, biz kelajakda ulkan g‘alabalarni hali ko‘p nishonlaymiz. Barchasi uchun katta rahmat!

Hurmat bilan, Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 17:03, 27.01.2018.
O'qildi: 8397 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.