Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

OFK Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

OFK Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

Baho:
+ | -

Osiyo Futbol Konefederasiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo chempionatida g‘alaba qozonib, chempionlikka erishgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi.

“Muhtaram Shavkat Miromonovich! Sizga va O‘zbekiston xalqiga Xitoyda o‘tkazilgan U-23 Osiyo chempionatida Olimpiya terma jamoasining g‘olib bo‘lishi munosabati bilan o‘zimning samimiy tabriklarim va eng yaxshi tilaklarimni izhor etish men uchun katta sharaf.  

Markaziy Osiyo mintaqasidan birinchi bo‘lib U-23 Osiyo chempionatida g‘oliblikka erishgan mamlakat sifatida butun jamoa a’zolarining musobaqa chog‘ida matonat va fidoiylik ko‘rsatganliklari maqtovga loyiqdir.

Aminmanki, ushbu futbolchilar kelgusida O‘zbekiston futboli muvaffaqiyati yo‘lida asosiy rolni bajaradilar va mamlakatingiz hamda Osiyoni faxrga to‘ldiradilar. 

Aniq aytishim mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining sa’y-harakatlari bilan o‘zbek futbolining kelajagi porloq bo‘ladi. 

Sizni ishontirib aytamanki, ajoyib mamlakatingizda futbolni yanada rivojlantirish va targ‘ib qilish uchun doimo yordamga tayyorman. 

Eng samimiy tilaklar bilan, 

Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa”.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 18:07, 28.01.2018.
O'qildi: 4028 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик