Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Ispaniya kubogi. «Barselona» dastlabki o‘yinda «Valensiya»ni mag‘lub etdi

Ispaniya kubogi. «Barselona» dastlabki o‘yinda «Valensiya»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

«Barselona» o‘z maydonida "Valensiya"ga qarshi Ispaniya kubogi yarim final bosqichining dastlabki o‘yinini o‘tkazdi. Mazkur bahs muxlislar uchun u qadar yorqin lahzalarga boy bo‘lmadi. Har ikkala jamoa oldinda javob o‘yini borligini his qilgan holda, ehtiyotkorlikni birinchi o‘ringa qo‘yishdi.

Shunga qaramay, Valverde shogirdlari butun o‘yin davomida tashabbusni o‘z qo‘lllarida ushlab turishdi. "Ko‘rshapalaklar" esa tartibli himoyalanishdi va raqibga golli vaziyatlarni ko‘p yaratishga imkon berishmadi. Kataloniyaliklar ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida yagona golni urishga muvaffaq bo‘lishdi. Messi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va olis ustun tomonga havolatib uzatma berdi. Luis Suares bosh bilan darvozani ishg‘ol etdi.

Ushbu natija "Barsa"ni qanoatlantirgan bo‘lishi mumkin, ammo bu to‘qnashuvda intriga hali saqlanib turibdi. Javob o‘yini bir haftadan "Mestalya"da bo‘lib o‘tadi. Orada esa "Valensiya" "Atletiko"ga qarshi Ispaniya chempionati bahsini o‘tkazadi. Valensiyaliklar "Real", "Barselona" va "Atletiko"ga qarshi ketma-ket o‘yinlardan keyin "ko‘k-anorranglilar"ga qarshi javob o‘yini oldidan o‘zlarida yetarlicha kuch saqlab qola olarmikanlar? Buni vaqt ko‘rsatadi.

Ispaniya kubogi, yarim final, dastlabki o‘yin
"BARSELONA" - "VALENSIYA" 1:0 (0:0)
Gol: 1:0 – 67 Suares.
Barselona – Sillessen, Umtiti, Pike, Alba, Aleish Vidal (Koutinyo, 58), Rakitich (Paulinyo, 68), Serji Roberto, Buskets, Inyesta (Pako Alkaser, 73), Messi, Suares.
Valensiya – Domenek, Ruben Vezu, Gayya, Montoyya, Gabriel, Soler (Ferran Torres, 76), Parexo, Koklen, Pereyra (Maksimovich, 46), Vyetto, Rodrigo (Santi Mina, 81).
Ogohlantirishlar: Serji Roberto (35), Pereyra (40), Vyetto (51), Soler (53).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:05, 02.02.2018.
O'qildi: 7552 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик