Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Portugaliya grandlarining yashirin kelishuv va pinhona janglari

Portugaliya grandlarining yashirin kelishuv va pinhona janglari

Baho:
+ | -

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Portugaliya grandlari o‘rtasida kechayotgan ayovsiz axborotlar jangida «Portu» va «Sporting» o‘zaro hamkorlikda «Benfika»ni «cho‘ktirish»ga urinmoqda.

Sovsport.ru sayti ana shu keskin pinhona qarama-qarshilikni mo‘’jaz sahna asari ko‘rinishida talqin etdi.

BIRINCHI PARDA - «VAUCHERLAR ISHI»

2015 yilning oktyabrida Brunu de Karvalyu TV124 telekanalidagi chiqishida o‘ta shov-shuvli bayonot berdi. Uning aytishicha, «Benfika» vakillari asosiy va o‘rinbosarlar jamoalarining har bir uy uchrashuvida hakamlar va rasmiylarni alohida sovg‘alar bilan siylashgan.

Aniqrog‘i, «Arbitr to‘plami» ichiga Eysebio futbolkasi va elit restoranda 4 marta kechki tamaddi qilish imkonini beruvchi vaucher kirgan. «Klub har yili mehmonlarni xursand qilish uchun restoran xarajatlarining o‘ziga 140 mln. yevro sarflaydi. Boshqa sovg‘a-salomlar summasini qo‘shsak, umumiy qiymat chorak millionga yetadi!», - degandi Karvalyu.

Rosa katta g‘avg‘o ko‘tarilgandi-da o‘zi! Gap shundaki, Karvalyu o‘sha payt biror kunni ashaddiy raqib jamoaga qandaydir zarar yetkazish yo‘llarini izlamasdan o‘tkazolmasdi. «Benfika» qanday javob qaytardi? Klub mutasaddilari bunday amaliyot mavjudligini tan olishdi.

Shuningdek, kechki tamaddi xarajati cheklangani va har bir kishi uchun 35 yevrodan oshmasligi zarurligini ma’lum qilishdi. Hakamlar o‘z navbatida, chindan ham, sovg‘alar olishgani, ammo restoranga loaqal bir marta borishmaganini bayon etishdi. Shunga qaramay, Portugaliya futbol federasiyasi prokuraturadan mazkur ma’lumotni tekshirib ko‘rish, milliy liga intizom qo‘mitasidan jinoiy ish qo‘zg‘atishni so‘radi.

Brunu de Karvalyu, Luish Filippe Viyeyra, shuningdek, sovg‘a olgan barcha hakamlar va o‘yin rasmiylari izohlari tinglandi. Tabiiyki, ular «Atbitr to‘plami» o‘ziga xos pora sifatida berilayotganini xayollariga ham keltirishmaganini ta’kidlashdi. Xullas, arzimas faktlardan boshqa hech narsa topmagan prokuratura va intizom qo‘mitasi ishni to‘xtatishga qaror qildi.

«Benfika» vakillari esa klub sha’ni va nufuziga putur yetkazgani uchun Karvalyuni jazolashni talab qilishdi. Biroq bundan ham hech qanday natija chiqmadi - hukumat ma’murlari futbol arboblarini jazolashni yoqtirmaydilar.

2017 yili yangi qiziqarli ma’lumot yuzaga chiqdi. Paulu Gonsalvesh tomonidan fosh etilgan muhim hujjat hakamlar assosiasiyasiga tegishli bo‘lib, o‘z vaqtida barcha refirilarga jo‘natilgan va so‘roqqa qat’iyan bir xil javob qaytarish tavsiya etilgandi:

«Sovg‘a berish barcha jamoalarda yo‘lga qo‘yilgan va «Benfika» bundan mustasno emas. Klub hech qachon umumiy an’anadan chetga chiqqan emas». Qisqasi, Gonsalvesh «burgutlar» uchun muhim ahamiyatga ega bebaho instruksiyani zudlik bilan so‘roqqa javob berish tadorigini ko‘rayotgan Viyeyraga yetkazdi. E’tiborli jihati, hakamlarga mazkur instruksiya federasiyaning o‘sha paytdagi prezidenti (hozir esa arbitraj kengashi a’zosi) Joze Fontelash Gomesh tomonidan yetkazilgandi.

IKKINCHI PARDA -«ELEKTRONMAKTUBLAR ISHI»

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:57, 02.02.2018.
O'qildi: 3948 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.