Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Fotogalereya: O‘zbek futbolidagi 10 iqtidor

Fotogalereya: O‘zbek futbolidagi 10 iqtidor

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futboli rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirmasada, hamisha iqtidorlarga boy bo‘lgan. Dekabr oyida terma jamoaning yetakchi o‘yinchilaridan biri Temur Kapadze faoliyatini yakunladi.

Ertami-kechmi Ahmedov va Denisov kabi futbolchilar ham butsalarini mixga ilishadi. Shunday ekan, ularning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lganlar ro‘yxatiga nazar tashlashga qaror qildik.

Quyida 1993 yilning 31 dekabridan so‘ng tug‘ilgan iqtidorlar bilan tanishishingiz mumkin.

10. Igor Chikrizov

Pozisiyasi: hujumchi

Prototipi: Aleksandr Geynrix, Pedro Pauleta

Tug‘ilgan sanasi: 2002 yil 11 yanvar

Klubi: «Paxtakor» akademiyasi.

O‘zbekiston futbol federasiyasining eng yaxshilarni taqdirlash marosimida «Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi» sovrini Igor Chikrizovga nasib qildi.

Albatta, bu qaror ko‘plab o‘zbekistonlik muxlislarning ajablanishlariga sabab bo‘ldi. Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda bunga nisbatan e’tirozlar ko‘p bo‘ldi. Lekin ushbu sovrinni Javohir Siddiqovga emas, balki Chikrizovga berishlarining o‘ziga xos sabablari bor.

O‘tgan mavsumda 15 yoshli futbolchi «Paxtakor»ning o‘smirlar jamoasi safida o‘ynadi va ko‘plab turnirlarning eng yaxshisi bo‘ldi. An’anaviy tarzda o‘tkaziladigan Kaluga Junior Cup musobaqasida to‘purarga aylandi. O‘smirlar terma jamoasiga esa bir qadam qoldi.

9. Akrom Komilov

Pozisiyasi: chap qanot himoyachisi

Prototipi: Vitaliy Denisov, Marselo

Tug‘ilgan sanasi: 1996 yil 14 mart

Klubi: «Bunyodkor»

«Bunyodkor»ning yosh himoyachisi Vitaliy Denisovning o‘rniga birinchi nomzoddir. Komilov «Bunyodkor» maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Uni Denisovga tenglashtirishda sal qizishdik. To‘g‘ri, ular bir xil pozisiyada to‘p surishadi. Lekin baribir, turlicha futbolchilardir.

Komilov jismonan biroz zaifroq, shuningdek, uzoqqa to‘p uzatish va bosh bilan o‘ynash borasida Vitaliydan ortda qoladi. Boshqa tarafdan esa, pressingda yaxshi ishlaydi va himoyalanishda kuchli. Bir so‘z bilan aytganda, 4-3-3 yoki 4-2-3-1 sxemasiga juda mos tushadi.

8. Husniddin G‘ofurov

Pozisiyasi: o‘ng qanot vingeri

Prototipi: Sanjar Tursunov, Rahim Sterling

Tug‘ilgan sanasi: 1994 yil 29 iyul

Klubi: «Lokomotiv»

Bu futbolchining tarixi juda qiziq. Birinchi liga vakili «NBU-Osiyo»da o‘ynab yurgan yosh futbolchini Serbiyaning «Yavor» (Ivanisa) klubi skautlari payqab qolishdi.

Bu kamtarona klub 3000 kishiga mo‘ljallangan stadionda to‘p suradi. Xullas, o‘zgarishlar G‘ofurovga ijobiy ta’sir qildi: u jamoa safida yaxshi mavsumlarni o‘tkazdi, «Yavor» bilan Serbiya kubogi finaliga qadar yetib bordi. Shundan so‘ng «Mladost» a’zosiga aylandi.

Bir necha kun oldin Husniddin Toshkentning «Lokomotiv» klubi bilan bitim tuzdi. «Temiryo‘lchilar» uning transferini 120 million yevro evaziga sotib olishdi. Kelajakda «Lokomotiv» bu futbolchini xorij klubiga foyda evaziga sotib yuborishi mumkin.

7. Javohir Siddiqov

Pozisiyasi: markaziy yarim himoyachi

Prototipi: Leonid Koshelev, Pol Pogba

Tug‘ilgan sanasi: 1996 yil 8 dekabr

Klubi: «Qo‘qon-1912»

«Kuchli to‘rtlik»da o‘ynamaydigan futbolchilardan biri. Javohir futbol saboqlarini «Paxtakor» akademiyasida o‘rgangan. Lekin asosiy tarkibga kirish qiyin bo‘lgani uchun yosh futbolchi «Qo‘qon-1912»ga yo‘l oldi.

No‘’mon Hasanov qo‘l ostida Siddiqov o‘sishda davom etdi. Asta-sekin zaxira vakilidan asosiy tarkib o‘yinchisiga aylandi. Dekabr oyida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan Tailanddagi turnirda ishtirok etib, musobaqaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

6. Zabihillo O‘rinboyev

Pozisiyasi: markaziy hujumchi

Prototipi: Zayniddin Tojiyev, Edinson Kavani

Tug‘ilgan sanasi: 1995 yil 30 mart

Klubi: «Paxtakor»

Temur Hakimov va Abbos Maxstaliyevlardan farqli o‘laroq, O‘rinboyev ruhan baquvvat. Bu futbolchi o‘z vaqtida Italiyaga yo‘l olishi mumkin edi.

Jumladan, «Napoli» ko‘rigida bo‘lib qaytgan. Unga qadar O‘rinboyev «Bunyodkor» akademiyasida o‘qigan. O‘tgan mavsumda esa «Olmaliq» va «Paxtakor»da to‘p surdi.

Shu o‘rinda aytish joizki, Zabihillo ikkita yoshlar terma jamoasi bilan jahon chempionati chorak finaliga chiqqan. Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionatida esa O‘zbekiston terma jamoasini sardor sifatida maydonga olib tushmoqda.

5. Aziz G‘aniyev

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:19, 04.02.2018.
O'qildi: 16411 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.