Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Bugun Ronaldu 33, Neymar 26 yoshga to‘ldi

Bugun Ronaldu 33, Neymar 26 yoshga to‘ldi

Baho:
+ | -

Bugun, 5 fevral kuni Portugaliya va Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 33 yoshni qarshiladi.

Professional futbolchilik faoliyatini 2002 yil Lissabonning “Sporting” jamoasida boshlagan Ronaldu 1985 yilning 5 fevral kuni Madeyra rayoni poytaxti Funshalda tavallud topgan.

2003 yil katta futbolga qadam tashlagan Krishtianu Angliyaning “Manchester Yunayted” klubiga kelib qo‘shiladi va “qizil iblislar” futbolchisi sifatida 6 yil to‘p suradi.

Ronaldu shuncha davr mobaynida rasmiy uchrashuvlarda 196 marta maydonga tushadi va 84 ta gol urishga erishadi. Futbolchining yoshligidagi sevimli jamoasi “Benfika” bo‘lib, u hozircha bu klub libosini kiyishga ulgurmadi.

Shunday qilib, Ronaldu 2009 yilning yozida “Manchester Yunayted”dan “Real”ga 93,4 million yevroga ko‘chib o‘tadi va o‘sha vaqtda transfer bozoridagi rekordni yangilaydi.

Ronalduning transferidan avval 2001 yil Zineddin Zidan (hozirda “Real” murabbiyi) “Yuventus”dan “qirollik klubi” tarkibiga kelib qo‘shilgan bo‘ladi.

Faoliyati davomida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan futbolchi ayni vaqtda “Real” klubi sharafini himoya qilmoqda va faoliyatini Ispaniyada yakunlashni istaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar hujumchining yillik maoshini 30 million yevroga ko‘tarishadi va Roni bu borada asosiy raqobatchisi Lionel Messi bilan tenglashib oladi.

Shuningdek, bugun yana bir iqtidorli braziliyalik futbolchi Neymar ham 26 yoshini qarshilamoqda. “PSJ” hujumchisi ayni vaqtda dunyoning eng qimmat futbolchisi bo‘lib, u o‘tgan yil yozda “Barselona”dan 222 million yevro evaziga Parij jamoasiga o‘tgandi.

Ma’lumot uchun, Ronalduning jamoasi “Real” 15 fevral kuni Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final boschichida Neymarning “PSJ” klubi bilan to‘qnash keladi. Javob bahsi esa 7 mart kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 16:26, 05.02.2018.
O'qildi: 7014 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик