Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

“Navbahor” nazorat o‘yinida “Oq-tepa”ni mag‘lub etdi

“Navbahor” nazorat o‘yinida “Oq-tepa”ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, “Navbahor” navbatdagi nazorat o‘yinini “Oq-tepa” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.  Uchrashuvda "Navbahor" 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi yakunlanishi arafasida "Oq-tepa" futbolchilari hisobni ochishga erishishdi. Ikkinchi bo‘limni faollik bilan boshlagan futbolchilarimiz Azamat Allaniyozovning aniq zarbasidan keyin hisobni tenglashtirishdi. Goldan so‘ng jamoamizda gol urish uchun yaxshigina imkoniyatlar yuzaga keldi. Hujumlarning birini Ayubxon No‘’monov gol bilan yakunlab jamoamizni oldinga olib chiqdi. Hujumkorlikni susaytirmagan futbolchilarimiz uchinchi golni ham urishdi. Uchinchi golga Azamat Allaniyozov mualliflik qildi. Aslini olganda uchrashuvda yirik hisob qayd etilishi mumkin edi. Lekin, ko‘p hollarda to‘p "Oq-tepa" darvozasiga kirishni istamadi.

Uchrashuvda “Navbahor” tarkibi quyidagicha bo‘ldi: Akbar To‘rayev, Avazbek Mamatxo‘jayev, Tomislav Pajovich, Darko Stanoyevich, Ilhom Boydedayev, Oybek Qilichev, Oston O‘runov, Ayubxon No‘’monov, A’zam Aliyev, Behruz Sa’dillayev, Azamat Allaniyozov. Zaxiradan maydonga tushganlar: Ilya Gavrilov, Azizbek Turg‘unboyev, Dilshod Jabborov, Zohir Pirimov, Yannis Linda, Shohzamon Xayrullayev.

"Navbahor" FK matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:00, 06.02.2018.
O'qildi: 2613 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик