Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

O‘zbekiston sport delegasiyasi Pxyonchxanda

O‘zbekiston sport delegasiyasi Pxyonchxanda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

Janubiy Koreyada o‘tkaziladigan qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston sport delegasiyasi Pxyonchxan shahriga yetib bordi.

Koreyada delegasiyamizni tashkiliy qo‘mita vakillari va bir guruh o‘zbekistonlik sport muxlislari kutib oldilar.

Ertaga, 8 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi mamlakatimiz sport delegasiyasi Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston Respublikasining davlat  bayrog‘ini ko‘tarish rasmiy marosimida ishtirok etadi. 9 fevral kuni esa Pxenchxanda XXIII qishki Olimpiadaning tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi. Mazkur tadbirda ham MOQ Prezidenti bevosita qatnashadi.

Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Misha Ge ayni paytda AQSHda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini davom ettirayotgani sababli, Janubiy Koreyaga 11 fevral kuni yetib boradi. U 16 fevral kuni “Gangneung Ice Arena” muz saroyida figurali uchishning qisqa dasturida chiqish qilsa, 17 fevralda erkin dasturda o‘z omadini sinab ko‘radi.

Komiljon To‘xtayev 18 fevral kuni tog‘ chang‘isining gigant slalom bahslarida ishtirok etadi. 22 fevralda esa slalom bo‘yicha musobaqada qatnashadi. Tog‘ chang‘isi bo‘yicha bellashuvlar “Yongpyong Alpine Centre” majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Qayd etib o‘tishimiz lozimki, qishki Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimizdan tashqari hakamimiz ham ishtirok etadi. Figurali uchish bo‘yicha Xalqaro toifadagi hakam Saodat Numanova o‘yinlarda hakamlik vazifasini bajaradi.

Milliy Olimpiya qo‘mitasi mazkur o‘yinlarda ishtirok etadigan vakillarimizga omad tilaydi!

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 12:58, 07.02.2018.
O'qildi: 2793 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик