Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Ronaldu qariyotganini tan oldi?

Ronaldu qariyotganini tan oldi?

Baho:
+ | -

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu qanday qilib yaxshi formani ushlab turishga harakat qilayotgani haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Hayot — bu har tomonlama sinovlardan iborat. Men o‘zimni yuqori formada ushlab turishga harakat qilaman. Boisi, futbolchi uchun bu eng muhim narsa. Men hamisha 100 foizga tayyor bo‘lishim kerak. Bu men uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega.

Formada bo‘lish uchun ba’zi qurbonliklarga tayyor bo‘lish kerak. Men hozir 20 yoshdagi qila olgan ba’zi ishlarni takrorlay olmayman. To‘g‘ri balansni ushlab turishga harakat qilaman. Hozirda barcha narsani kichik detallar hal qiladi.

O‘z oldimga yuqori maqsadlar qo‘yaman. Odamlar o‘z maqsadlari sari harakatlanadi. Men o‘z orzularimga erishdim, ammo hali oldinda maqsadlarim juda ko‘p. O‘z o‘yinimni rivojlantirishni va yangi marralarni zabt etishni istayman. O‘tmish bilan emas, hozirgi kun bilan yashashni istayman», – dedi Ronaldu.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:36, 08.02.2018.
O'qildi: 8882 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик