Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Milliy Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi hamkorlikda ishlaydi

Milliy Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi hamkorlikda ishlaydi

Baho:
+ | -

Sport – mamlakatni butun dunyoga tanitishda, uning nufuzini oshirishda katta ahamiyatga ega. Shu jumladan, futbol bugungi kunda millionlar emas, milliardlab insonlarning diqqat-e’tiborida desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Yurtimizda futbolni, umuman sportni rivojlantirishga hukumatimiz tomonidan katta e’tibor qaratilib, bu borada muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida juda katta chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.  

Shu bilan birga ko‘rsatilayotgan e’tibor va yaratilayotgan shart-sharoitlarga yarasha sportchilarimiz, xususan, futbolchilarimiz Xalqaro maydonlarda natijalar ko‘rsata boshlashdi. Bu quvonarli albatta. Ammo erishilgan natijalar bilan to‘xtab qolmay, oldinga intilishda, yanada kattaroq natijalar qayd etish uchun harakat qilishda davom etish zarur.

Ana shu maqsadda Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov ikki tashkilotning barcha xodimlariga bir tanu bir jon bo‘lib, birgalikda harakat qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Endilikda MOQ va O‘FA hamkorlikda ish olib borib, yurtimizda futbolni, umuman, sportni rivojlantirish yo‘lida mehnat qiladi.

Umid qilib qolamizki, bu hamkorlik samarasi sifatida sportchilarimiz, shu jumladan, futbolchilarimiz bo‘lg‘usi Osiyo o‘yinlari, Olimpiada va Jahon chempionatlarida yuksak natijalar qayd etishadi. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 12:00, 09.02.2018.
O'qildi: 2525 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик