Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Robert Levandovski “Shalke”ga qarshi o‘yin (2:1) da gol mualiffiga aylandi.
Polshalik 29 yoshli futbolchi “Alyans Arena” maydonida ketma–ket 11 ta uchrashuvda gol urdi va “Bavariya” tarixida qoladigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, avvalroq bu natijani Gerd Myuller 1967/68 va 1969/70 mavsumlarda qayd etgan.