Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Bahodir Ahmedov: "Bizni qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat"

Bahodir Ahmedov: "Bizni qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat"

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 2018 yilgi Osiyo chempionatining 3-o‘rini uchun kechgan bahsda Iroqqa qarshi bahs olib bordi.

O‘yinning asosiy vaqti 4:4 hisobida yakun topdi. Penaltilar seriyasida Akmal Hazratqulovning ikkita seyvi O‘zbekiston termasiga bronza medallarini taqdim qildi.

Uchrashuvdan keyin terma jamoa bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Iroq terma jamoasiga bugungi o‘yin uchun rahmat aytaman. Ular kuchli o‘ynadi va bizga yetarlicha muammolar tug‘dirdi. Hayajonli va hissiyotlarga boy bellashuv bo‘ldi.

Jamoaning maydonda ko‘rsatgan o‘yinidan xursandman, bronza medali sohibi bo‘lganimizdan faxrlanamiz. Mazkur turnirdan keyin futzalchilarga kichik tanaffus beramiz. Keyin esa 2020 yilgi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni boshlaymiz.

O‘quv-mashg‘ulotlarda yosh futzalchilarni ko‘rib chiqib, munosiblarini termaga taklif qilamiz. Maqsadimiz – keyingi Osiyo chempionatida ham muvaffaqiyatli ishtirok etish. Bugungi o‘yinda bizlarni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytmoqchiman”, – dedi Bahodir Ahmedov.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:03, 11.02.2018.
O'qildi: 3033 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик