Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Avazbek O‘lmasaliyev: “Murabbiylar ishonchini oqlashim kerak”

Avazbek O‘lmasaliyev: “Murabbiylar ishonchini oqlashim kerak”

Baho:
+ | -

“Neftchi” Toshkentda yangi mavsumga tayyorlanmoqda. Kuni kecha farg‘onaliklar Namanganning “Navbahor” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushishdi. O‘yinda 1:1 hisobi kuzatildi. Bahsni asosiy tarkibda boshlagan “Neftchi” futbolchisi  Avazbek O‘lmasaliyev bellashuv yakunlangadan so‘ng klub rasmiy sayti uchun intervyu berdi.

– Bahs juda shiddatli kechdi. O‘yinni kuzatar ekansiz, garchi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lishiga qaramay chempionat uchrashuvlaridek qizg‘in kechdi. Xar doim derbilar qay maqomda o‘tkazilmasin shunday yuqori suratda bo‘lib o‘tadi. O‘zim ham yaqinda safga qaytdim. Yosh bo‘lishimga qaramay murabbiylar menga ishonch bildirishmoqda.  Albatta ularning ishonchini oqlab jamoaga yordam berishni istayman.

– Avazbek,  chempionat bahslarida sizni asosan markaziy himoyada ko‘rardik. Lekin “Navbahor”ga qarshi o‘yinda qanot himoyasida paydo bo‘ldingiz. Yangi pozision chiziqda qiyinchiliklarga duch kelmadingizmi ?

– Yo‘q. O‘yin paytida xar qanday vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Shu sabab himoyachi boshqa chiziqlarda ham o‘ynashga tayyor turishi kerak. Qanot himoyasida o‘ynash men uchun yangilik bo‘lmadi, – deydi Avazbek

Manba: www.fcneftchi.uz
Kiritildi: 18:55, 13.02.2018.
O'qildi: 2121 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик