Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Mini-futbol: Qoraqalpog‘iston, Andijon va Sirdaryoda birinchi bosqich musobaqasi yakuniga yetdi

Mini-futbol: Qoraqalpog‘iston, Andijon va Sirdaryoda birinchi bosqich musobaqasi yakuniga yetdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol Assosiasiyasining yillik taqvimida belgilangan Respublika birinchiligi 11 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yettita yosh toifadagi guruhda tashkil etilayotganligi haqida xabar berib o‘tgandik.

Maxsus futbol maktab-internetlari, Olimpiya zaxiralari kolleji, Bolalar va o‘smirlar futbol maktablari, Ixtisoslashgan bolalar va o‘smirlar sport maktablari hamda Bolalar va o‘smirlar sport maktablarining futbol tarbiyalanuvchilari o‘rtasida tashkil etilayotgan musobaqaning birinchi bosqich o‘yinlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo va Andijon viloyatlarida yakuniga yetdi.

Dastlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan musobaqa haqida.

Respublikaning to‘rt mintaqasida tashkil etildi – Beruniy, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot va Chimboy. 11 yoshlilar o‘rtasidagi bahslarda 11ta jamoa, 12 yoshlilarda 12ta jamoa, 13 yoshlilarda 10ta, 14 yoshlilarda 13ta, 15 yoshlilarda 10ta, 16 yoshlilarda 11ta va 17 yoshlilar guruhida 7ta jamoa ishtirok etdi. 15 va 16 yoshlilar musobaqasining Chimboy mintaqasida, 17 yoshlilar o‘yinlarida Beruniy, Qo‘ng‘irot va Chimboy mintaqalarida bor-yo‘g‘i bittadan jamoa saf tortdi, xolos. Final bahslariga Xo‘jayli tumani mezbonlik qildi. Unda turli yosh toifalarida quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi: U-11da Chimboy, U-12da Nukus tumani, U-13da Qo‘ng‘irot, U-14da Taxtako‘pir, U-15da Taxiatosh, U-16da Shumanay va U-17da Nukus shahri yosh futbolchilari.

Sirdaryo viloyatining Guliston, Xavos va Yangiyer shaharlarida o‘tkazilgan musobaqalarda quyidagi jamoalar g‘olib bo‘ldilar:

U-11da Sirdaryo tumani (8ta jamoa orasida) , U-12da Xavos (8ta), U-13da Xavos (8ta), U-14da viloyat Ixtisoslashgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi (8ta), U-15da viloyat Ixtisoslashgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi (7ta), U-16da Yangiyer futbol maktab internati (13ta) hamda U-17da Olimpiya zaxiralari kolleji (6ta jamoa) jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Andijon viloyatida tashkil etilgan musobaqa yakuniga ko‘ra quyidagi jamoalar faxrli birinchi o‘rinni egallashdi:
U-11da Andijon shahar, U-12 va 13da Andijon shahar IBO‘SM, U-14 va15da Xo‘jaobod tuman BO‘SM, U-16 va 17da Buloqboshi tuman BO‘SM jamoalari bosh sovrin sohibi bo‘lishdi.

Avval qayd etganimizdek, musobaqani tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad mamlakatning barcha hududlarida bolalar va o‘smirlar o‘rtasida mini-futbolni yanada rivojlantirish va ommalashtirish, yosh futbolchilarning mahoratini oshirish, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga iqtidorli yoshlarni jalb qilishdan iborat. 

Musobaqa davom etadi. Hal qiluvchi Respublika final bosqichi shu yilning dekabr oyiga belgilangan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 14:20, 14.02.2018.
O'qildi: 1740 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.