Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Umid Ahmadjonov: "Futbolchilarning jismoniy holati doimo nazorat qilib boriladi"

Umid Ahmadjonov: "Futbolchilarning jismoniy holati doimo nazorat qilib boriladi"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Avval xabar berilganidek, Superliga va Pro-liga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning  jismoniy holati O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib boriladi.

Mazkur test- sinovlari tizimi O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasining Texnik bo‘limi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Maxsus sinovlar mavsum davomida tasdiqlangan reja asosida uch marotaba o‘tkazilishi va natijalari tahlil qilib borilishi ko‘zda tutilgandi.

Bu chora-tadbirlar Superliga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilish, terma jamoalarimiz uchun munosib nomzodlarni yetkazish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Superliga klublari futbolchilari o‘tgan mavsumdan keyin dastlabki normativlarni topshirishgan va natijalar e’lon qilingandi.

Belgilangan reja asosida yangi mavsum oldidan Superliga klublari futbolchilari ikkinchi marta normativlarni topshirishmoqda.

Test-sinovlari maxsus innovasion texnologik vositalar orqali o‘tkazilayotganini ham alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Shu paytga qadar 6ta klub normativlarni topshirdi.

O‘zbekiston futbol Assosiasiyasining 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov normativlarni futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilib borish muntazam ravishda amalga oshirilib, bu jarayon terma jamoalarimizning foydasiga ishlashini aytib o‘tdi.

“Futbolchilarning jismoniy holatini doimiy ravishda nazorat qilib borish maqsadida  ulardan normativlar qabul qilish amaliyotini o‘zbek futboli tarixida birinchi marta yo‘lga qo‘ydik. Superliga klublari o‘tgan yil dastlabki normativlarni topshirishgan va natijalar ancha salbiy chiqqandi. O‘shanda barcha klublardagi futbolchilarga fevral oyigacha muhlat berilib, yangi mavsum boshlanishidan avval ulardan yana bir bor normativlar qabul qilinishi e’lon qilingandi.

O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi Ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari futbolchilardan ikkinchi normativlarni qabul qilishni boshlab yuborishdi. Hozirgacha 6ta klub futbolchilari normativlar topshirishdi. Birinchi normativlar bilan ikkinchi normativlar natijalarini solishtirganda 30-40ga yaqin futbolchining natijalarida ijobiy tomonga o‘zgarish bo‘lmaganini ko‘rish mumkin. Agar futbolchilar o‘z ustilarida ishlashmasa, jismoniy holatlarini yaxshilab borishmasa, belgilangan lisenziyalarni olishmaydi. Har bir futbolchining jismoniy holati va natijalarini shaxsan o‘zim nazorat qilib boryapman.

Terma jamoalarimiz Xalqaro maydonlarda natija ko‘rsatishini, Olimpiada va Jahon chempionatlariga yo‘llanma olishini istasak, birinchi navbatda, futbolchilarimizning jismoniy holatini yaxshilashimiz zarur”, - deydi Umid Ahmadjonov. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:17, 17.02.2018.
O'qildi: 2394 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.