Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Ikki o‘yin – bir falsafa

Ikki o‘yin – bir falsafa

Baho:
+ | -

Falsafani xush ko‘ruvchilar uchun Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichidagi ilk uchrashuvlarda anchayin bir hikmat bor.

«Lokomotiv» o‘z maydonida «Al-Vahda» ustidan qozongan yirik hisobdagi g‘alaba bizga qanchalik surur baxsh etgan bo‘lsa, «Nasaf» safarda «Persepolis»­dan uchragan mag‘lubiyat shunchalik alamli bo‘ldi.

Bu natijalardan chiqariladigan xulosa esa faqat bitta - o‘zbek futboli «Lokomotiv»­ning g‘alabasidan so‘ng qanchalik chandon-chandon rivojlanib ketmagan bo‘lsa, «Nasaf»ning mag‘lubiyatidan shunchalik inqirozga botib qolgani yo‘q.

Ikkisi ham bir o‘yinda qo‘lga kiritilgan turlicha natija xolos. Aslini olsangiz, ikkisida ham mutlaqo boshqacha natija qayd etilishi hyech gap emas edi.

«LOKOMOTIV»

«Temiryo‘lchilar» mavsumni shu qadar yorqin boshlashdi-ki, bunday bo‘lishini hatto eng optimist muxlis ham aytib berishi qiyin edi. «Al-Vahda» aniq-ki Chempionlar Ligasidagi eng oson raqib emas.

Ammo «Lokomotiv» uni shu qadar chiroyli uslubda tor-mor keltirdi-ki, o‘sha kuni TTZ mavzeiga yig‘ilgan barcha muxlis xush kayfiyatda uyga qaytgani aniq. Ammo bu g‘alabadan so‘ng «Lokomotiv» OCHLning favoritlari safiga qo‘shildimi? Shubha qilamiz. Bunga sabab nimada ekanini ham aytib o‘tishimiz mumkin.

Birinchidan, shu kuni «temiryo‘lchilar»ning hamma gollari ham muhim o‘ylangan va puxta tashkil etilgan kombanisiyadan so‘ng kiritilgani yo‘q.

Masalan, Ikrom Aliboyevning goli haqida soatlab gaplashish mumkin va hatto afsonaviy Devid Bekxem urgan gollarga o‘xshatishga ham hech kim mone’lik bildirmaydi. Ammo bu golda omadning ham o‘rni katta bo‘lganini inkor eta olmaymiz.

Aslini olsangiz, aynan mana shu omadli gol uchrashuvning burilish pallasi bo‘ldi. Agar Ikrom biroz mo‘ljalda adashganda va «Al-Vahda»ning xavfli zarbalaridan birini Ignatiy Nesterov qaytarishning uddasidan chiqmaganda hisob ham, o‘yin ham mutlaqo boshqacha ko‘rinish kasb etishi hech gap emas edi.

Albatta, biz bu bilan «Lokomotiv»­ning ishonchli g‘alabasini shubha ostiga qo‘yishni istamaymiz. «Temiryo‘l­chilar» haqli g‘alabaga erishdilar va balki Ikrom Aliboyev o‘sha mo‘’jizaviy golini urmaganda ham uch ochkoni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan bo‘lardi.

Shunchaki, hisob bu qadar yirik ko‘rinish olmagan bo‘lardi, tamom, vassalom. Bunga hech qanday e’tiroz yo‘q. Ammo shu bilan birga hozirdanoq «Lokomotiv»ni musobaqa favoritlari safiga qo‘shib qo‘ymasliklarini ham istagan bo‘lardikki, hali guruhning beshta uchrashuvi oldinda kutib turibdi.

Aksincha, «temiryo‘lchilar» murabbiylar shtabi «Al-Vahda»ga qarshi kechgan o‘yindan xulosa chiqarib, himoyadagi muammolarni hal qilish yo‘llarini qidirsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi. Zero, Ignatiy Nesterov har doim ham jamoasini muqarrar gollardan qutqara olmay qolishi mumkin...

NASAF

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:36, 18.02.2018.
O'qildi: 4767 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.