Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Neftchi” futbolchilari normativ topshirdilar

“Neftchi” futbolchilari normativ topshirdilar

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, O‘FA tomonidan Superligada ishtirok etuvchi klublar oldiga bir qator talablar qo‘yilgan. Ushbu talablardan biri bundan buyon elitada ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O‘FA tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib boriladi. Futbolchilar topshiradigan test-sinovlari O‘zbekiston Futbol Assosiasiyaning Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Toshkentda yig‘in o‘tkazgan "Neftchi" jamoasi bugun erta tongda "NBU-Osiyo" stadionida ilmiy guruh vakili Shamil Iseev boshchiligidagi nazorat sinovidan o‘tdilar. Jarayonni YU.Siyanov hamda A.Qoraboyevlar ham kuzatib borishdi.

Futbolchilar quyidagi test-sinovlarini topshirishdi: 30 metrga yugurish, uzunlikga sakrash, 7x50  metrga yugurish,  "Yo-Yo" test sinovlari, to‘pni belgilangan masofaga qo‘lda va oyoqda yetkazib berish (darvozabonlar uchun)

Ushbu testlarda jamoaning 21 nafar futbolchisi ishtirok etdi. Test jarayonlari "Neftchi"ning Toshkent yig‘inini yakunlab berdi. Shundan so‘ng jamoa vakillari Farg‘onaga otlandilar.

"Neftchi" matbuot xizmati  

 

Manba: www.fcneftchi.uz
Kiritildi: 18:07, 18.02.2018.
O'qildi: 2724 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик