Yanvar oyining boshida «Valensiya» klubi «Arsenal» jamoasidan yarim himoyachi Fransis Koklenni 13,5 million yevro evaziga sotib oldi.
26 yoshli fransiyalik futbolchi «Valensiya» klubida ilk golini kiritdi. Koklen «Malaga» klubiga qarshi o‘yinda hisobni tenglashtirdi, so‘nggi daqiqalarda esa umuman g‘alabani ilib ketishdi (2:1).
Koklen 2008 yildan 2018 yilgacha «Arsenal» safida barcha musobaqalarda 160 ta uchrashuvda ishtirok etgan va biror marotaba ham gol urmagan. Ispaniyada esa Fransis 7-bahsida gol urdi.
Aytib o‘tish lozimki, Koklen 2013 yili «Frayburg» safida ijara asosida to‘p surgan va gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.