Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

Darko Stanoyevich: «Muxlislar tufayli «Navbahor»da qoldim»

Darko Stanoyevich: «Muxlislar tufayli «Navbahor»da qoldim»

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsum ishonchli o‘yinlari orqali muxlislar mehrini qozongan seriyalik Darko Stanoyevich bu yil jamoamiz himoya qo‘rg‘onining asosiy figuralaridan biri bo‘ladi. Yaqinda «Navbahor» bilan yana bir yillik shartnoma tuzgan himoyachi bilan qisqa suhbat uyushtirildi.

- Avvalo, o‘tgan mavsum xaqida to‘xtalsangiz.

- 2017 yilgi chempionat bahslari biz uchun ancha omadli kechdi, deb ayta olaman. Chunki biz mavsumni kuchli beshlikda yakunlay oldik. Mavsum boshida bizga rahbarlar kuchli oltilikka kirishni vazifa qilib belgilashgan edi, biz bu vazifani bajarishga erishdik.

- Bu mavsum "Navbahor" oldiga kuchli uchlikka kirish vazifasi qo‘yildi. Bunga munosabatingiz?

- Ha albatta, buni bizga murabbiylarimiz aytishdi. To‘g‘risi, buni eshitib barcha jamoadoshlarimiz bilan xursand bo‘ldik. Aniq maqsad sari odimlasangiz, albatta bunga erishasiz. Shuning uchun mavsumga puxta tayyorgarlik olib bormoqdamiz. Bu qo‘limizdan keladi, deb o‘ylayman.

- Moliyaviy tomondan muammolar yuqmi?

- Yuq, xammasi joyida.

- Sizga boshqa jamoalardan takliflar bo‘ldimi ?

- Serbiyadan va ayrim O‘zbekiston klublaridan chaqiruv bo‘ldi. Ammo yana Namanganda o‘ynashga qaror qildim.

- Buning sababi nimada?

-Muxlislar! «Navbahor» muxlislari doimo o‘z jamoalarini ajoyib qo‘llab quvvatlashadi. Ayniqsa, oxirgi uyinda «Nasaf»ga gol urganimda Darko, Darko deb quvvatlashgani hamon qulog‘imda yangramoqda. (Kuladi).

- Demak, jamoaning sodiq muxlislari uchun shartnomani uzaytirdingiz, shundaymi?

- Ha, xuddi shunday!

- Yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?

- Har bir bellashuv finalga teng bo‘ladi va biz har bir bahsda g‘alaba uchun maydonga chiqqanimiz holda muxlislarimiz ishonchini albatta oqlashga harakat qilamiz!

D. Nizamov suxbatlashdi.

Manba: www.lochinlar.uz
Kiritildi: 18:10, 19.02.2018.
O'qildi: 2887 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик