Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

«O‘FA Kubogi» tashkiliy qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

«O‘FA Kubogi» tashkiliy qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun o‘zaro memorandum imzolagani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Mazkur memorandum asosida yurtimizdagi Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida futbol bo‘yicha “O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi Kubogi” musobaqalarini o‘tkazish Nizomi tasdiqlan.

Bugun, O‘FA majlislar zalida ushbu musobaqa tashkiliy qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘FA va O‘zPFL xodimlari, hududiy federasiya rahbarlari, Oliy va maxsus-o‘rta ta’lim vazirligi vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi Bosh kotibi Sardor Raxmatullayev, Professional Futbol Ligasi Bosh direktori Omon G‘afurov musobaqaning mohiyati, tashkil etish va o‘tkazish qonun-qoidalari xususida gapirar ekan, mazkur musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad yoshlarni ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tishini ta’minlash, yoshlarni sog‘lomlashtirish uchun futbol o‘yinlariga jalb etish, ular orasidan iqtidorlilarini tanlab olib, turli terma jamoalarga tavsiya etishdan iborat ekanligini ta’kidlashdi.

«O‘FA Kubogi» musobaqasi 3 bosqichda o‘tkazilib, yakunda g‘olib aniqlanadi va musobaqa tashkilotchilari tomonidan taqdirlanadi. Musobaqaning 1-bosqichi shu yilning mart oyida boshlanib, unda hududlarda joylashgan Oliy o‘quv yurtlari futbol jamoalari uy-mehmon tizimida bahs olib borishadi.

2-bosqich aprel oyida to‘rt mintaqada tashkillashtiriladi. Unga ko‘ra Namangan shahrida Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari bo‘yicha 1-bosqich g‘oliblari o‘zaro kuch sinashishsa, qolgan mintaqalar quyidagicha taqsimlangan: Samarqanda shahrida Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand, Urganch shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm, Toshkent shahrida esa Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hamda Toshkent shahri vakillari kurash olib borishadi.

3-bosqich - final qismi may oyida poytaxtda o‘tkaziladi. Tabiiyki, unda 2-bosqich g‘oliblari bosh sovrin uchun maydonga tushishadi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 16:33, 20.02.2018.
O'qildi: 2118 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.