Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Mulohaza: G‘alabalar vaqtining bosh tamoyili

Mulohaza: G‘alabalar vaqtining bosh tamoyili

Baho:
+ | -

Ma’lumki, g‘alabaga chanqoqlik, bu yo‘lda barcha imkonlarni ishga solish, yirik hisobli mag‘lubiyatlarga keskin tanqidiy munosabat bildirish va ayni shu sababga ko‘ra, islohotlar jarayonini tezlatish, iste’folarga chiqarish - jahon sportidagi yozilmagan qonunlardan biri.

Misol uchun, Roman Abramovich «Chelsi»ning bugungi mavqeini hazm qilolmayapti va bu bejiz emas. Fikrimizcha, u bir qarorga kelish uchun CHL nimchorak final uchrashuvi natijasini kutib turibdi.

Agar Antonio Konte «Barselona» to‘sig‘idan o‘tish imkonini topsa, klub xo‘jayini shunga yarasha qaror chiqaradi. Gapni «Chelsi» - «Barselona» to‘qnashuvi haqida boshlaganimiz boisi shuki, bo‘lajak ikki o‘yinga futbol dunyosi alohida e’tibor qaratmoqda.

Chunonchi, «aristokratlar» salbiy natijaga yuz tutishsa, buning ta’sirida klub tarkibi va murabbiylar shtabi yaqin kelajakda sezilarli ravishda o‘zgarib ketishi mumkin.

Muhtaram muxlis! Ha, bu safar ikki sababga ko‘ra, mulohazalarimizni «Chelsi» mavzusi bilan boshladik. Avvalo, Londondagi bahs barchaning diqqat markazida. Qolaversa, klub mutasaddilarining jamoa holatiga nisbatan yondashuvlari quyida aytilajak fikrlarimizga hamohang.

Xabaringiz bordir, o‘tgan hafta Uzbek Tigers jamoasi faoliyatini to‘xtatishi bilan bog‘liq ma’lumotlar tarqalgandi. MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov bunga javoban zudlik bilan rasmiy bayonot berdi. Qisqasi, shundan so‘ng boks ixlosmandlarining ko‘ngillari taskin topdi, noo‘rin shov-shuv tinchidi.

To‘g‘ri, futbolga katta aloqasi yo‘q mavzuga qayta murojaat qilmasak ham bo‘laverardi. Biroq masalaning bitta jihati bizni yozishga undadi. Gap shundaki, Uzbek Tigersning Kuba safarida «quruq» hisobda mag‘lubiyatga uchrashi va shov-shuvlar, rasmiy bayonot o‘rtasida aloqadorlik bor.

Bugun O‘zbekiston sportini yangi mutasaddilar boshqarishmoqda. Yuqorida qayd etilganidek, jahon sportidagi yozilmagan qonunlarga muvofiq, ular Uzbek Tigersni safarda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrashini o‘zlariga singdirisholmadi. Boshqa sport turi bo‘lganida, ehtimolki, bahsli shov-shuvlar urchimasdi ijtimoiy tarmoqlarda.

Ammo gap o‘zbek boks maktabi sha’ni va qadr-qimmati xususida borar ekan, mutasaddilar bu mag‘lubiyat va sharmandali hisobga jim qarab turisholmasdi. Negaki, ular Hindistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda Isroil Madrimov kubalik kuchli raqibini qanday yengganini va ringda o‘zbekona viqor bilan salto otganini yaqindagina ko‘rib, shodumon qarsak chalishgandi.

Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, bunday xunuk hisob qayd etilishi qaysi rahbarga yoqardi? Ayniqsa, u g‘alabalarga chanqoq va yangicha firklaydigan bo‘lsa, mag‘lubiyatga nisbatan tezkor va kutilmagan reaksiya tabiiy hol hisoblanadi. Endi O‘zbekiston sport muhiti bu kabi reaksiyalarga har doim tayyor turishi lozim.

Hozirgi holatda mamlakatimiz sport muhiti soha mutasaddilaridagi umumiy konsepsiyani anglamayotgandek tuyulmoqda. Aks holda, Uzbek Tigers murabbiylari Isroil Madrimov katta ustunlik bilan yenggan kubalik bokschiga mag‘lubiyat alamini olish va yangi tarkibdagi tajribasiz vakilimiz ustidan g‘alaba nashidasini surish imkonini yaratishmasdi.

Futbolimiz mutasaddilari Tailanddagi xalqaro turnir chog‘i Ravshan Haydarov pozisiyasini qanday o‘zgartirib yuborishgani va murabbiyning o‘zi buni ochiq e’tirof etgani xususida avvalroq yozgandik. Uzbek Tigers murabbiylari mana shu jarayonga e’tiborsiz qarashgan, chog‘i.

Aks holda, jamoa tarkibini keskin yangilashmasdi. Albatta, Uzbek Tigersning parda ortidagi hayoti bizga noma’lum. Shunday bo‘lsada, umumiy qarashni ta’kidlashdan charchamaymiz: bugun g‘alabalar vaqti! Boksimiz hozir shunday maqomdaki, endi sharmandali mag‘lubiyatlar uning ruhi uchun begona!

Yangi avlodni shakllantirish va tajriba ottirish tamoyili bilan mag‘lubiyatlar sababini izohlash davri o‘tdi. Endi murabbiylar shunday yo‘l tanlashlari kerakki, u orqali yangi avlod shakllansin, tajriba orttirsin va g‘alaba qozonishni ham uddalasin!

Bu - sportimiz ongu tafakkurida ro‘y berishi talab etilayotgan muhim yangilanish jarayoni! Qaysiki murabbiy yoki sportchi bu jarayon mohiyatini anglamasa, uning faoliyati o‘zi o‘ylagandek rivojlanmaydi hech qachon.

Shu ma’noda aytsak, Temur Kapadzening milliy terma jamoamizga vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlanishi ham aslida, ko‘pchilik ta’kidlayotganidek, kutilmagan qaror emas aslo.

Ayonki, futbolimiz mutasaddilari biz bot-bot tilga olayotgan tamoyilga asosan, vaqtincha bosh murabbiyni tajribasi va mahorati nuqtai nazaridan emas, balki yangilanish shartiga muvofiqligi va bu jarayonga munosibligiga ko‘ra tayinlashdi.

Yodingizdami, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yosh va g‘ayratli Alisher Sa’dullayev Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tavsiya etilganida, jamoatchilik bir qalqib tushgandi. Milliy jamoamizni Temur Kapadze vaqtincha bosh murabbiy sifatida boshqarishi xususidagi qaror ham o‘sha voqea kabi futbolimiz muhitini ajablantirdi.

Holbuki, ajablanishga hojat yo‘q. Chunki biz yashab turgan jamiyat allaqachon yangilanish yo‘liga chiqdi. Umid qilamizki, Temur Kapadze asosiy tarkibni saralashda bu jarayonni doimo yodida tutadi. Zero, bosh jamoamiz o‘rtoqlik uchrashuvlarida JCH-2018 ishtirokchilariga qarshi maydonga tushadi.

U e’lon qilgan kengaytirilgan tarkibda Osiyo chempionlari ham bor. Mayli, darvozabon masalasini qo‘ya turaylik, biroq qolgan yosh futbolchilarga bo‘lajak ikki bahsda to‘p surish imkoni berilsa, bosh jamoamizdagi muhit ham o‘zgaradi.

Bordiyu, Kapadze yoshlarni kengaytirilgan tarkibga shunchaki, nomiga kiritgan bo‘lsa va o‘yinlarda yana hammaga tanish o‘sha «gvardiya»ga tayansa, hech narsa o‘zgarmaydi. Shuhrat Muhammadiyev, Farrux Sayfiyev, Sardor Mirzayev, Oleg Zoteev, Akmal Shorahmedov kabi futbolchilarni mahorat va tajribasiga biror muxlis shubha bildirmaydi.

Biroq ular bosh jamoamizga doimiy jalb etilmaslik, chaqirilgan taqdirda ham, o‘ynash imkoniga ega bo‘lmaslik aziyatidan ruhan sinib qolishmaganmi? Bu yigitlarda har qanday muammoni yengib, g‘alabaga intilish kayfiyati ustuvormi? Hozircha savollarning javobi ochiq.

Agar Temur Kapadze avvalo, shu savollarga aniq javob topmasa, bosh jamoada aytarli imkoniyatga ega bo‘lmagan futbolchilar Ro‘ziqul Berdiyev kabi uni ham uyaltirishadi. Bunday taqdirda ayb odatiy tamoyilga ko‘ra emas, balki chindan ham, Temur Kapadze zimmasiga tushadi.

Negaki, jangovar kayfiyati sobit futbolchilarni tanlash uning vazifasi! Ishonchimiz komilki, biz chuqur hurmat qiladigan Kopa vaziyatni teran anglab turibdi va najotbaxsh tavakkaldan cho‘chimaydi.

Muhammad Vali

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 20:11, 20.02.2018.
O'qildi: 2331 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.