Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

YECHL. «Chelsi» - «Barsa» o‘yinida g‘olib aniqlanmadi

YECHL. «Chelsi» - «Barsa» o‘yinida g‘olib aniqlanmadi

Baho:
+ | -1

Yevropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichidagi yana bir markaziy o‘yin bo‘lib o‘tdi. "Chelsi" va "Barselona" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yindan keyin intriga saqlanib qoladigan bo‘ldi.

Antonio Konte o‘yinni nominal hujumchisiz boshlashga qaror qildi. U asosiy e’tiborni markazga qaratib, "Barsa"ga erkin o‘ynash imkoniyatini bermaslikni maqsad qildi. Buning natijasida "ko‘k-anorranglilar" tanaffusga qadar raqib mudofaasini yorib o‘ta olishmadi.

Uchrashuv davomida mehmonlar to‘ni 70 foiz vaqt davomida nazorat qilgan bo‘lsalar-da, birinchi bo‘limda mezbonlar 2ta qulay imkoniyatga ega bo‘lishdi. 33-daqiqada Villian 22 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p esa ustunga tegib qaytdi.  Birinchi bo‘lim tugashiga 4 daqiqa qolganida Villian bu ishni yana bir marta bajardi. Bu safar u 17 metrdan zarba berib, narigi ustunni nishonga oldi.

Ikkinchi bo‘limni kataloniyaliklar nisbatan faol boshlashdi. Ammo mezbonlar ishonchli himoyalanishda davom etishdi. Villian esa uchinchi urinishda o‘z maqsadiga erishdi. Braziliyalik yarim himoyachi jarima maydonchasi tashqarisidan shunday zarba berdiki, ter Shtegen to‘rga borib tushayotgan to‘pni tomosha qilishdan boshqa iloj topa olmadi.

Butun o‘yin davomida mudofaada ishonchli harakat qilgan "Chelsi" bir marta xatoga yo‘l qo‘ydi va bu qimmatga tushdi. Inyesta raqibdan to‘pni olib qo‘yib, jarima maydonchasiga kirdi va Messiga uzatma berdi. Leo aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, "Barselona" safarda golli durangga imzo chekdi. Ushbu to‘qnashuv taqdiri 14 mart kuni Barselonada hal bo‘ladi.

YECHL, nimchorak final, dastlabki o‘yin
Chelsi Angliya – Barselona Ispaniya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 62 Villian, 1:1 – 75 Messi.
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Mozes, Azar, Villian, Fabregas (Drinkuoter, 84), Kante, Pedro (Morata, 83), Alonso.
Barselona – ter Shtegen, Serdji Roberto, Pike, Umtiti, Alba, Paulinyo (Aleish Vidal, 63), Rakitich, Buskets, Inyesta (Andre Gomesh, 90), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Rakitich (29), Suares (76), Ryudiger (80), Morata (86), Buskets (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:31, 21.02.2018.
O'qildi: 7322 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.