Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Faxriylar e’zozda. Sportimiz taraqqiyoti yo‘lida faxriylarning maslahati va boy tajribasidan keng foydalaniladi

Faxriylar e’zozda. Sportimiz taraqqiyoti yo‘lida faxriylarning maslahati va boy tajribasidan keng foydalaniladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida o‘zbek sportida yorqin iz qoldirgan sport faxriylari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Jasur Matchanov, faxriylar kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov va boshqa faxriylarimiz ishtirok etishdi.

Uchrashuvda qatnashgan faxriylarimiz orasida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiylar, erkin kurash bo‘yicha faxriylar o‘rtasida 3 karra jahon chempioni Aleksandr Istomin, og‘ir atletika bo‘yicha jahon rekordchisi Erkin Karimov, shuningdek, Erkin G‘iyosov, Arslon Elov, A’zamjon Shokirjonov, Rashid Isyanov, professorlar Fikrat Kerimov, Hamroqul Rafiyev va yana ko‘plab taniqli sport fidoyilarini ko‘rishimiz mumkin edi.

"Ushbu uchrashuvni tashkil qilishdan maqsad ko‘pni ko‘rgan, katta tajribaga ega bo‘lgan faxriylarimiz bilan diydorlashish, ularning takliflarnini, muammolarini eshitishdir. O‘zbek sportining rivoji uchun barchamiz birlashib, ahil oiladek ishlashimiz lozim. Buning uchun o‘z ishimizni bilib qilishimiz, jipslashishimiz talab etiladi", - dedi Komiljon Xudoyberganov.

So‘zga chiqqan faxriylar milliy kurashimizga e’tiborni kuchaytirish, yoshlar sportining asosi bo‘lgan talabalar ligasini qayta tiklash, yangi uslublarni qo‘llash uchun ilmiy-nazariy kengash tashkil qilib, u yerda ilmiy-metodik qo‘llanmalarni yaratish haqida takliflar bildirishdi. Shuningdek, aholi o‘rtasida jismoniy madaniyat ta’limini oshirishda hali kerakli ishlar olib borilishi zarurligi ta’kidlandi.

"Yurtimizda jismoniy tarbiya va sport ta’limini kuchaytirishimiz kerak. Aholi o‘rtasida sport haqida yetarli bilim bo‘lsagina nimadir qila olishimiz mumkin. Ahir bunday bilim bilan yoshlarimizni qanday qilib sportga jalb eta olamiz?" - dedi professor Hamroqul Rafiyev. Qolaversa, malakali kadrlar tayyorlash ham bugungi kundagi ustuvor vazifalardan biri ekanligi qayd etildi.

O‘z o‘rnida, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilov taklif va mulohazalarini bildirgan barcha faxriylarga minnatdorchilik bildirdi. U mazkur takliflarni o‘rganib chiqishini va albatta amalda qo‘llashini aytib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, MOQ Prezidenti Umid Ahmadjonovning taklifiga ko‘ra, sport faxriylari kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov MOQ Prezidenti maslahatchisi sifatida ham faoliyat ko‘rsatadigan bo‘ldi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 12:10, 21.02.2018.
O'qildi: 1638 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.