Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Umid Ahmadjonov MTJning yangi bosh murabbiyi bilan muzokaralarni yakunlash uchun Dubayga uchib ketdi

Umid Ahmadjonov MTJning yangi bosh murabbiyi bilan muzokaralarni yakunlash uchun Dubayga uchib ketdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, avvalroq futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun xorijdan kuchli murabbiy olib kelinishi haqida ma’lum qilingandi. Shu maqsadda, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti va mamlakat futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun erta tongda yangi bosh murabbiy bilan boshlangan muzokaralarni nihoyasiga yetkazish uchun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga jo‘nab ketdi. 

Ma’lum qilinganidek, O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi xorijlik kuchli mutaxassis, jahon futbolidagi top murabbiy bo‘ladi. Ayni paytda u o‘z terma jamoasini Rossiyada o‘tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorlamoqda. Bilasiz, xar bir murabbiy shartnomasi tugashiga 6 oy qolganida yangi takliflarni ko‘rib chiqishga va muzokaralar o‘tkazishga haqli. Shu sababdan ham, yangi bosh murabbiy bilan terma jamoamiz masalasida yakuniy kelishuvga erishildi.

Biroq, u ayni paytda o‘z shogirdlarini iyun oyida boshlanadigan mundialga tayyorlayotgani sababli, jahon chempionati yakuniga qadar nomi hozircha e’lon qilinmasligini so‘radi. O‘zining bu iltimosini mutaxassis jahon chempionati oldidan uning shogirdlari kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi bilan izohladi. Umid Ahmadjonov yangi bosh murabbiyning bu iltimosini qabul qildi va iyul oyiga qadar uning nomi futbol jamoatchiligiga e’lon qilinmasligiga va’da berdi.

Eng muhimi mutaxassis bilan yakuniy to‘xtamga kelindi va u Rossiyadagi mundialdan so‘ng mamlakatimizga tashrif buyuradi hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi boshqaruvini rasman qo‘lga oladi. Unga qadar esa mamlakatimizning bosh jamoasi O‘zbekiston futbol assosiasiyasi qoshida yangi tashkil etilgan murabbiylar kengashi qo‘l ostida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va belgilangan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi. 

Shunisi aniqki, yurtimiz futbol muxlislari milliy terma jamoamizning yangi bosh murabbiyini juda yaxshi bilishadi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyatining bu tanlovidan benihoya hursand bo‘lishadi. Tabiiyki yangi bosh murabbiy oldiga Osiyo kubogi-2019 da muvaffaqiyatli ishtirok etish va terma jamoamizni 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga olib chiqish vazifasi qo‘yiladi. Voqealar rivojini biz bilang kuzatib boring.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 13:30, 22.02.2018.
O'qildi: 9946 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.