Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

Toshkent shahar futbol federasiyasi maktablar o‘rtasida liga tashkil qiladi

Toshkent shahar futbol federasiyasi maktablar o‘rtasida liga tashkil qiladi

Baho:
+ | -

Toshkent shahar futbol federasiyasi birinchilardan bo‘lib xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida uy-safar tizimida o‘tkazilinadigan chempionat loyihasini ishlab chiqdi.

Unga ko‘ra, 2018 yilning yangi o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahridagi 11ta tuman terma jamoalari uy safar tizimidan foydalangan holda o‘z chempionatlarida ishtirok etadilar.

Ommaviy futbolni sifatini oshirish uchun, har bir tuman terma jamoasiga, o‘sha tumanda faoliyat olib borayotgan BO‘SM biriktirib qo‘yiladi. Tuman terma jamoalari, hududlarda sifatli terma jamoalar tuzilishini ta’minlash uchun Sport vazirligi tasarrufidagi BO‘SMlar bilan hamkorlikda yangi o‘quv yili oldidan futbol sir asrorlarini o‘rganadilar.

4 sinf o‘quvchilari tuman sharafini chempionlik poygasida himoya qilsalar, 1-3 sinf tarbiyalanuvchilari ochkosiz tizimda ishtirok etadilar.

Yangi o‘quv yilidan e’tiboran boshlang‘ich tizim tarbiyalanuvchilariga, shanba dam olish kuni deb e’lon qilinganidan unumli foydalangan holda tur o‘yinlarini aynan shu kunga belgilanidi. Shunda biron bir klubda faoliyat olib borayotgan yosh futbolchi yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi shahar chempionatida qiyinchiliksiz qatnashish imkoniyatiga ega bo‘laveradi.

Toshkent shahar futbol federasiyasi tomonidan ishlab chiqilgan loyiha boshqa viloyatlarda ham qo‘llanilishi ustida ish olib boriladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 14:19, 23.02.2018.
O'qildi: 1402 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.