Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

“So‘g‘diyona” bugundan o‘z qarorgohida tayyorgarlikni boshlaydi

“So‘g‘diyona” bugundan o‘z qarorgohida tayyorgarlikni boshlaydi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, fevral oyining ilk kunlaridan boshlab “So‘g‘diyona” Toshkentda mavsumga tayyorgarlikni olib bordi. Hozirlik davomida Aleksandr Mochinov boshchiligidagi murabbiylar shtabi seleksiya ishlarini olib borib jamoaga yangi futbolchilarni jalb qildi.

Futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida murabbiylar shtabi bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishdi. “So‘g‘diyona” Toshkentdagi yig‘in davomida “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Metallurg”,  “Buxoro”, “Navbahor”, “Surxon”   va Tojikistonning “Istiqlol” klubi bilan nazorat uchrashuvlarini o‘tkazdi.

Mashg‘ulotlarda qatnashib kelgan ayrim futbolchilar bilan xayrlashilgan bo‘lsa-da, jamoa kelgan yangi futbolchilar bilan rasmiy shartnomalar imzolandi.

“So‘g‘diyona” Toshkentdagi yig‘ini davomidagi so‘nggi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Raqib esa “Surxon” jamoasi  bo‘lib, jamoa bu safar ham “Surxon”ni mag‘lub etishni uddalay oldi. Bu jamoaning Toshkentdagi yig‘in davomida o‘tkazgan so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘ldi.

Aleksandr Mochinov jamoaga qisqa muddatli ta’til e’lon qildi va bugun, 24 fevral kuni jamoa “So‘g‘diyona” qarorgohida yig‘ilib, Super liganing ilk turdagi raqibi  “Paxtakor” ga qarshi bahsga tayyorgarlikni davom ettiradi.

“So‘g‘diyona” matbuot xizmati

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:07, 24.02.2018.
O'qildi: 1935 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик