Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Rasmiy xabar. Pro-liga ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi

Rasmiy xabar. Pro-liga ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati — Oliy liga musobaqasi yangi mavsumdan boshlab “O‘zbekiston Superligasi”, Birinchi liga esa “O‘zbekiston PRO-ligasi” deb nomlanishi, Superligada jami 12ta, Pro-ligada esa 16ta jamoa ishtirok etishi ma’lum qilingandi.

Superligada barcha masalalar hal etilib bo‘lindi, yana to‘rt kundan so‘ng yangi mavsum start oladi. Bugun esa Pro-ligada ishtirok etuvchi jamoalar nomi ham aniqlandi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan  Superliga klublari oldiga lisenziyalash bo‘yicha ma’lum talablar qo‘yilgan bo‘lsa Pro-liga jamoalari ham ma’lum talablarga javob berishi belgilangan.

O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston futbol federasiyasi hamda Professional futbol ligasi tomonidan mazkur talablarni bajarilishi holatini o‘rganish yuzasidan Ishchi guruh tashkil etilib, bugungi kungacha futbol klublari hamda uning infratuzilmasi o‘rnatilgan tartibda uch martadan o‘rganildi va tekshiruvdan o‘tdi. Tekshiruv jarayonida asosiy e’tibor futbol klublarining stadionlari holati, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar, klub infratuzilmasi, futbol bazalaridagi umumiy holatga qaratildi.

Superligadan farqli ravishda, Pro-ligada o‘ynash istagida bo‘lgan, biroq avvallari birinchi ligada faoliyat yuritmagan jamoalar ham bo‘ldi. Buxoroning “Labsa”, Toshkent viloyatining “Ahmad Yassaviy” jamoalari bunga misol bo‘la oladi. Ammo bu jamoalarda sharoitlar talab darajasida emasligi, stadion, baza masalalari hal etilmaganligi sababli Pro-ligaga ruxsat berilmadi. Shuningdek, Navoiy viloyatida Pro-Ligada ishtirok etishga munosib jamoa mavjud emasligi viloyat rahbariyati tomonidan ma’lum qilindi va Pro-Ligada ishtirok etuvchi jamoa kelgusi mavsumda Ligada ishtirok etishini ta’minlash borasida tashkiliy ishlar amalga oshirilishini ma’lum qilishdi. Ayni damda “Qizilqum” klubi viloyat sharafini Superligada himoya qilayotgani bois, Pro-Ligada ishtirok etadigan klubni tashkil qilish masalasi keyinchalik ko‘rib chiqilishi bildirildi. Pro-liga a’zolari orasida “Yangiyer” jamoasi ham bo‘lishi mumkin edi, biroq viloyat mutasaddilari bu yilcha mazkur klubning infratuzilmasini shakllantirib olish taklifi bilan chiqqanligi uchun ular ham Pro-liga vakillari orasiga kiritilmadi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan futbol klublari rahbariyati, hududiy futbol federasiyasi prezidentlariga rasmiy xat yo‘llandi.

 

Pro-liga ishtirokchilari qatoridan “Iftixor” nomi ostidagi jamoa ham joy olgan. Respublika Yoshlar ittifoqi sharafini himoya qiluvchi jamoa Pro-Ligada debyut mavsumini o‘tkazadi.

Shuningdek, har bir xududdan bittadan futbol klubi ishtirok etishiga imkoniyat berilgan bo‘lsa ham, yuqorida ta’kidlanganidek, ayrim xududlarda Pro-Ligada ishtirok etuvchi futbol klublariga nisbatan belgilangan talablarga javob bera oladigan va ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbol klublari mavjud emasligi o‘rganishlar davomida aniqlandi. Shu munosabat bilan, “Bunyodkor” va “Paxtakor” futbol klublariga tegishli futbol maktablarini tamomlagan yoshlarni futboldagi iqtidor hamda qobiliyatini yuqori baholab, Professional futbol klublariga jalb etilishida ularga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish uchun har ikki klubning yoshlar jamoalariga Pro-Ligada ishtirok etishga ruxsat berildi. Ta’kidlash joiz, ushbu jamoalar shuningdek, yoshlar va olimpiya terma jamoalariga munosib nomzodlar tayyorlash maqsadida baza sifatida ham shakllantiriladi.

O‘zbekiston futbol federasiyasi Ishchi guruhi a’zolarining yakuniy xulosasi asosida O‘zbekiston futbol federasiyasi Ijroiya Qo‘mitasi Byurosining 23 fevraldagi 7-sonli Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2018 yilgi mavsumda Pro-ligada ishtirok etuvchi futbol klublari qo‘yidagi tarkibda tasdiqlandi:

1. “Mash’al” (Qashqadaryo viloyati Muborak shahri)

2. “Sho‘rtan” (Qashqadaryo viloyati G‘uzor shahri)

3. “Dinamo” (Samarqand shahri)

4. “Istiqlol” (Farg‘ona viloyati Quvasoy shahri)

5. “Yozyovon” (Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani)

6. “Xotira-79” (Namangan viloyati Uychi tumani)

7. “Iftixor” (YOshlar Ittifoqi jamoasi)

8. “Zomin” (Jizzax viloyati Zomin tumani)

9. “Xorazm” (Xorazm viloyati Urganch shahri)

10. “Andijon” (Andijon viloyati Andijon shahri)

11. “Orol” (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri)

12. “”G‘ijduvon” (Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani)

13. “Surxon” (Surxondaryo viloyati Termiz shahri)

14. “Bunyodkor-2” (Toshkent shahri)

15. “Paxtakor-2” (Toshkent shahri)

16. “Lokomotiv BFK” (Toshkent shahri).

O‘zbekiston futbol federasiyasining asosiy maqsadi Pro-liga klublari saviyasi o‘rtasidagi farqni maksimal tarzda kamaytirish, milliy chempionat bahslarida faqat zamonaviy talablarga javob beradigan, raqobatbardosh bo‘lgan futbol klublarining ishtirokini ta’minlashdan iborat.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 18:00, 24.02.2018.
O'qildi: 10121 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.