Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

FIFA vakili Essam Al-Suhibbaniy O‘FA faoliyati bilan yaqindan tanishdi

FIFA vakili Essam Al-Suhibbaniy O‘FA faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi tomonidan yurtimizda futbolni yangi bosqichga olib chiqish, futbolni rivojlantirish va ommaviyligini oshirish borasida xorijlik mutaxassislarning tajribasidan unumli foydalanish borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshiryapti.

O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infanting bilan uchrashuv chog‘ida malakali mutaxassislarni yurtimizga jalb qilish va ularning maslahatlari asosida ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvga erishgani haqida ham avval xabar bergandik.

Ana shu kelishuvga asosan FIFAning Mintaqaviy futbolni rivojlantirish menejeri Essam Al-Suhibbaniy Toshkentga tashrif buyurdi. U FIFAning FORWARD loyihasi bo‘yicha taqdimoto‘tkazib, ushbu loyiha haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.  Shuningdek, Essam Al-Suhibbaniy O‘FAning moliya bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishib, bu borada qilinadigan ishlar bo‘yicha o‘z maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, Essam Al-Suhibbaniy O‘FAning Texnik bo‘limi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Bo‘lim xodimlariga o‘zining amaliy maslahatlarini berdi. 

O‘z o‘rnida O‘FAning Moliya boshqarmasi, Texnik bo‘limi hamda Professional futbol ligasi tomonidan FIFA vakiliga taqdimot o‘tkazilib, amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi. 

Bundan tashqari, Essam Al-Suhibbaniy “Bunyodkor” stadioni va “Chig‘atoy” sport bazasiga ham tashrif buyurib, bu yerdagi sharoitlar bilan tanishdi.

 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 11:39, 26.02.2018.
O'qildi: 1809 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик