Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Neymarning jarohati bilan bog‘liq yangi tafsilotlar

Neymarning jarohati bilan bog‘liq yangi tafsilotlar

Baho:
+ | -

Neymarning jarohati bilan bog‘liq yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, ayni damda futbolchida ikkita variant bor — operasiya yoki jarrohlik amaliyotisiz muolajalar orqali davolanish. Birinchi variantda Neymar 8-12 haftada tiklanadi va to‘liq sog‘ayib ketadi. Ikkinchi variantda esa futbolchi shunchaki muolajalar olib yuradi va maxsus oyoq kiyimida harakatlanadi. Bu holatda Neymar 6 haftada tiklanishi mumkin, ammo bunga to‘liq kafolat yo‘q. Tabiiyki, ikkinchi variant tavakkalga asoslangan.

O‘z navbatida “PSJ” Neymarning “Real”ga qarshi o‘ynashini istamoqda. Parij klubi rahbariyatining fikricha, “Real” — jamoa yo‘lidagi asosiy to‘siq. Agar “PSJ” Madrid klubidan o‘ta olsa, finalgacha muammosiz yetib boradi. Shu bois “PSJ” rahbariyati Neymarni “Real”ga qarshi o‘ynatib, keyin agar jamoa “qirollik klubi”ni mag‘lub eta olsa, braziliyalik futbolchiga YECHL finaliga qadar dam bermoqchi. Shunda Neymar finalgacha davolanib olish imkoniga ega bo‘ladi. “PSJ” rahbariyati shuni reja qilmoqda.

Biroq agar ikkinchi variantga amal qilinsa, Neymarning ahvoli keyinchalik og‘irlashishi va u hatto jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi ham mumkin.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 18:48, 28.02.2018.
O'qildi: 14711 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик