Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Adashlari ko‘payayotgan Azizbek Turg‘unboyev bilan intervyu

Adashlari ko‘payayotgan Azizbek Turg‘unboyev bilan intervyu

Baho:
+ | -

Bu yil 40 yillik yubileyini nishonlaydigan Namanganning «Navbahor» klubi joriy mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan: jamoa XXVII milliy chempionatda bronza medallari sonini 9taga yetkazish niyatida.

«Navbahor»ning libosi rangi, logotipi, vimpeli o‘zgardi. Albatta, ezgu niyatlarning amalga oshirilishda futbolchilarning o‘rni katta. «Lochinlar» tarkibida esa bundaylar ko‘pchilikni tashkil etadi.

Ulardan biri - avvalgi mavsum kashfiyoti Azizbek Turg‘unboyev. O‘tgan yili «Nav­bahor» tarkibida 29ta o‘yinda maydonga tushgan iqtidorli yarim himoyachi 2088 daqiqa to‘p surdi va raqiblar darvozasiga 8ta to‘p kiritib, 6ta golga assistentlik qildi.

Biz Turg‘unboyevni ishqibozlarga yaxshiroq tanishtirish maqsadida futbolchining xonadoniga tashrif buyurib, ota-onasi va kelinoyisidan intervyu oldik.

Azizbekning o‘zi «Navbahor» safida poytaxtimizda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib borayotganligi sababli, u bilan telefon orqali qo‘ng‘iroqlashib, muloqot uyushtirdik.

Murodjon Haydarov (otasi): - Ikki o‘g‘il, bir qizimiz bor. Azizbek kenja farzand. Akasi Ulug‘bek o‘simliklar uchun kimyoviy modda ishlab chiqaradigan zavodda ishlaydi, opasi Maftuna maktabda o‘qituvchi. Yetti pushtimiz temirchi o‘tgan.

Azizbek barcha qarindoshlarimiz orasida yagona sportchi, aniqrog‘i, futbolchi. U dastlab 3 yil mobaynida taekvondo bilan shug‘ullandi. Ammo keyinchalik millionlar o‘yiniga bo‘lgan qiziqishi ustunlik qildi.

Natijada, maktabning boshlang‘ich sinfini tamomlaganidan so‘ng, Namangan shahridagi 15-sonli futbol maktab-internatiga olib bordim. Iqtidorli bo‘lganligi sababli imtihondan qiynalmay o‘tib, mazkur o‘quv dargohida tahsil olishni boshladi.

Futbol maktab-internatining 9-sinfini tamomlaganidan so‘ng, o‘qishni Namangandagi Olimpiya zaxiralari kollejida davom ettirmoqchi bo‘ldi. Ammo ayrim sabablarga ko‘ra, niyatiga yetolmadi. Natijada kasb-hunar kollejida o‘qidi.

Tahsil olish barobarida «Navbahor» klubiga qarashli «Nav­bahor-Umid» futbol maktabida rahmatli Tohir Madrahimov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib bordi. Baxtiyor Ashurmatov «Navbahor»ni boshqargan paytda, uni asosiy tarkibga jalb qilib, bir-ikkita o‘yinlarda maydonga tushirdi.

Aleksandr Volkov davrida ham ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. Ilhom Mo‘minjonov avvalgi mavsum farzandimni asosiy tarkibga jalb etdi. Azizbek uning ishonchini oqlashga intilib, jamoa g‘alabalariga munosib hissa qo‘shdi. Futbolchilik oson kasb emas.

Albatta, Azizbekning ham qiynalgan, yig‘lagan paytlari bo‘lgan. O‘sha payt unga ruhiy dalda berib, hali hammasi oldinda ekanligini uqtirganman. Mana endi mevasini ko‘rib turibman.

Azizbek maktabda aniq fanlardan doimo a’lo baho olardi. Shunga qaramay, futbolchilikni tanlaganidan ranjimadim. Boisi, Pop tumanidan sportchilar kam chiqqan.

Endi esa o‘g‘limga havas qilib, tumanimiz, xususan, qishlog‘imizda futbolchi bo‘lishni niyat qilgan bolalar soni ko‘paydi. Azizbekdan maslahatlarimni ayamayman, jumladan, raqibga jarohat yetkazmaslikka harakat qilishini uqtiraman.

O‘tgan mavsum «Navbahor» g‘alaba qozonganida tabriklab, mag‘lubiyatga uchraganida ko‘nglini ko‘tardim. Ba’zan raqib jamoa a’zosi bilan to‘qnashib ketganida, xavotirlandim, jarohat olishidan cho‘chidim.

Xudoga shukur, Azizbek uchun o‘tgan mavsum har tomonlama ijobiy yakunlandi, yorqin o‘yinlari evaziga mavsumlar oralig‘ida «Paxtakor» va «Nasaf» kabi kuchli klublardan takliflar tushdi. Ammo unga «Navbahor»ni tashlab ketmaslikni maslahat berdim.

Boisi, Namangandagi kabi ashaddiy muxlislarni boshqa hech qayerda uchratmaysiz. Ular «Navbahor»ning barcha futbolchilarini hurmat qilishadi, jamoa ijobiy natijaga erishsa, ko‘klarga ko‘tarishadi.

Muhtaram Sharipova (onasi): - Otam va qaynotam ashaddiy futbol muxlisi hisoblanishadi. Shu sababli bo‘lsa kerak, men ham bolaligimda dadam bilan birga o‘yinlarni tomosha qilardim.

O‘tgan mavsumda «Navbahor» ishtirokidagi uchrashuvlarni ham televizor orqali kuzatdim. Dastlab Azizbekning futbolchi bo‘lishiga qarshilik qilganman, chunki jarohat olishidan cho‘chiganman. Ammo o‘g‘lim futbol maktabida tahsil olishni boshlaganidan keyin taqdirga tan berganman.

Vaqtlar o‘tib, farzandimning futbolchi bo‘lganligidan quvondim. Boisi, aynan Azizbek sababli tumanda obro‘yimiz yanada oshdi. Bundan tashqari, barcha qishloqdoshlar farzandimizning o‘yinini bevosita stadionda ko‘rish uchun Namangan shahriga borishadi.

Bunday imkoniyatga ega bo‘lolmaganlar esa uchrashuvni televizor orqali kuzatishadi. Qisqasi, Azizbek «Navbahor»ning asosiy tarkibida o‘ynay boshlaganidan keyin unga havas qilib, ko‘pchilik yangi tug‘ilgan chaqalog‘ining ismini Azizbek qo‘ymoqda.

Chaqaloqlarini olib kelib: «Duo qiling, farzandim o‘g‘lingiz singari futbolchi bo‘lsin», deyishadi. Albatta, bunday e’tibordan xursandman. Azizbek o‘yinlar va yig‘inlar tufayli uzoq muddat davomida uyga kelolmaydi. Shunday paytda uni sog‘inaman.

Oilaga qaytishi haqiqiy bayramga aylanib ketadi. Uni sevgan taomi palov bilan siylayman. Yangi mavsumda «Navbahor» va o‘g‘limga omad yor bo‘lishini tilayman.

Sevara Mahmudova (kelinoyisi): - Ushbu xonadonga 2015 yili kelin bo‘lib tushganman. O‘shanda futbolga mutlaqo qiziqmasdim. Qaynim Azizbek sababli millionlar o‘yiniga qiziqish uyg‘ondi.

yelevizor orqali nafaqat «Navbahor», balki Ispaniyaning «Real», «Barselona» va «Atletiko», Angliyaning «Chelsi» klublari ishtirokidagi uchrashuvlarni ham kuzataman. Avvallari futbol qoidalarini tushunmasdim.

Hozir esa bu sohada mendan yaxshi mutaxassis yo‘q (kuladi). Azizbek kamtar, xushmuomala. Har safar jiyani, ya’ni qizim Shahloga sovg‘a olib keladi. Joriy mavsumda Azizbekning «Navbahor» bilan birga o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga yetishishiga tilakdoshman.

Shundan so‘ng, «Navbahor» bilan Toshkentda yig‘in o‘tkazayotgan Azizbek Turg‘unboyevga qo‘ng‘iroqqilib (suhbat 19 fevral kuni uyushtirilgan), uning fikrlarini ham yozib oldik.

Mavsum taraddudi va tarkibdagi o‘zgarishlar haqida

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:10, 01.03.2018.
O'qildi: 3270 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.