Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

“So‘g‘diyona” yangi futbolchilarning taqdimot marosimini o‘tkazdi

“So‘g‘diyona” yangi futbolchilarning taqdimot marosimini o‘tkazdi

Baho:
+ | -1

Barcha jamoalar singari yangi mavsum oldidan “So‘g‘diyona” yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirdi. 28 fevral kuni soat 9:30 da “So‘g‘diyona” stadionining xollida “ So‘g‘diyona” jamoasining yangi  futbolchilarining tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Jizzax viloyat hokimligi vakillari, viloyat futbol federasiya rahbarlari ,klub hodimlari, “So‘g‘diyona” ayollar,futzal jamoalari va OAV vakillari  ishtirok etdilar.

Dastavval ,tadbirni Jizzax viloyat hokimining o‘rinbosari To‘xtamishev Botir ochib berdi. U o‘z so‘zida viloyatimizda sportga bo‘layotgan e’tibor,viloyatimiz sportchilari bugungi kunda erishayotgan yutuqlari haqida gapirib o‘tdi. Shundan so‘ng,viloyatimiz  bosh jamoasi “So‘g‘diyona”,ayollar va futzal jamoalariga  yangi mavsum oldidan omad tiladi. Superligada jamoamiz faqat g‘alaba uchun kurashishi va jizzaxlik muhlislarni xursand qilishishi kerakligi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng, Jizzax viloyatida futbolni ommalashtirish uni rivojlantirish yuzasidan Jizzax viloyat futbol federasiyasining birinchi vise prezidenti Anvar Musulmanov so‘z oldi. U o‘z so‘zida “So‘g‘diyona” futzal jamoasini ilk sovrin bilan tabriklab, yil davomidagi rejalar va maqsadlar haqida gapirib o‘tdi. “So‘g‘diyona” ning bu mavsumdagi maqsadi kuchli oltilikka kirish uchun kurashash ekanligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida “So‘g‘diyona” o‘z logotipini taqdim etdi. Yangiliklar sari olg‘a intilib borayotgan klubimiz bu yilgi mavsumdan e’tiboran yangi logotipiga ega bo‘ldi. Unda asosiy planda turuvchi bo‘ri aks ettirilgan. Tarixdan «Yashil bo‘ri» nomi bilan tanilgan jamoamiz o‘z tarixiy nomini tikladi. Logotipda Jizzax viloyatining tog‘li hududlari tasvirlangan. Yashil rang tabiatni, oq rang esa poklik, tinchlik va musaffolikni anglatadi. Umid qilamizki ushbu yangi logotip jamoamizning zafarli yurishida omadli bo‘ladi!

 

Jamoamiz bilan Toshkentda mavsumga tayyorgarlikni olib bordik. To‘g‘ri boshida qiyin bo‘ldi lekin biz to‘xtab qolmadik.  Seleksiya ishlarini davom ettirib jamoaga yangi futbolchilarni saralab oldik. Balandparvoz gaplarni aytmayman. Lekin bir narsani ishonch bilan aytishim mumkinki, “So‘g‘diyona”ning boy tarixini tiklashga va raxbarlar qo‘ygan vazifa ya’ni kuchli oltilikka kirish uchun kurashamiz. Raqobatbardosh va chiroyli,muxlislarbob futbolni namoyish etishga jamoa va murabbiylar shtabi nomidan so‘z beraman. Mavsumning ilk turida safarda “Paxtakor” ga qarshi bahs olib boramiz. Unda ham faqat g‘alaba uchun kurashib, jizzaxlik muhlislarni xursand qilishga harakat qilamiz- dedi “So‘g‘diyona” jamoasi bosh murabbiyi Aleksand Mochinov

Shundan so‘ng, jamoaning tajribali futbolchisi Dilmurod Karimov so‘z oldi.

-Biz hammamiz bir oila bo‘lib faqat g‘alaba uchun kurashamiz. Har bir o‘yinda maydonda borimizni berib muhlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Yaratilgan sharoitlar uchun viloyat va klub raxbarlariga minnatdorchilik bildiramiz. Yangi mavsum boshlanishi bilan barchani tabriklayman va shu o‘rinda “So‘g‘diyona” ayollar va futzal jamoalariga ham omad tilayman-dedi Dilmurod Karimov.

Tadbirning asosiy qismida  esa jamoaga kelgan yangi futbolchilarga futbolkalar topshirildi. Ular:

Dilshod Xamroyev

Ampluasi : darvozabon

Futbolka raqami: 23

Farxod Miraxmatov

Ampluasi : himoyachi

Futbolka raqami: 5

Doniyor Odilov

Ampluasi :Himoyachi

Futbolka raqami: 7

Shoxruxbek Xolmatov

Ampluasi :himoyachi

Futbolka raqami :15

Toxir Shamshitdinov

Ampluasi :himoyachi

Futbolka raqami: 33

Akmal Xolmurodov

Ampluasi :himoyachi

Futbolka raqami :26

Dilmurod Karimov

Ampluasi :yarim himoyachi

Futbolka raqami: 6

Doniyor Xasanov

Ampluasi :yarim himoyachi

Futbolka raqami :8

Sardorbek Azimov

Ampluasi :yarim ximoyachi

Futbolka raqami :9

Alisher Ziyaviddinov

Ampluasi :yarim himoyachi

Futbolka raqami :19

Jahongir Abdumo‘minov

Ampluasi: yarim himoyachi

Futbolka raqami: 31

Iqbol Malikjonov

Ampluasi: yarim himoyachi

Futbolka raqami :20

Shoxruz Norxonov

Ampluasi :xujumchi

Futbolka raqami :10

Ruslan Melziddinov

Ampluasi :himoyachi

Futbolka raqami: 85

Nurillo To‘xtasinov

Ampluasi: yarim himoyachi

Futbolka raqami: 99

Tanishing «So‘g‘diyona» – 2018!!!!!!!!!

Manba: www.fcsogdiana.uz
Kiritildi: 19:02, 02.03.2018.
O'qildi: 3706 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.