Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Server Jeparov: «Bosh murabbiy shunday hisoblagan ekan, demak, bu to‘g‘ri…»

Server Jeparov: «Bosh murabbiy shunday hisoblagan ekan, demak, bu to‘g‘ri…»

Baho:
+ | -1

Tehronning «Istiqlol» klubi Eron chempionati ikkinchi davrasida faollikni keskin oshirdi. Poytaxtliklar xususan, mamlakat Pro-ligasi 24-turidan o‘rin olgan uchrashuvni mehmonda asosiy raqiblardan biri - «Fulad»ga qarshi o‘tkazib, 4:1 hisobida ustun kelishdi.

Ushbu jamoa tarkibida to‘p surayotgan hamyurtimiz Server Jeparov ham g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi. Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi maydonda 75 daqiqa faol harakatlanishdan tashqari, jamoasining ilk goliga assistentlik qildi.

E’tiborlisi, «Fulad» bungacha 38 ochko bilan turnir jadvali 2-pog‘onasini egallab turgandi. Huzistondagi muhim g‘alaba natijasida «Istiqlol»ning ochkolari soni ham aynan 38taga yetdi va jamoa 3-o‘ringa ko‘tarildi. Xo‘sh, Server ayni payt o‘zini qanday his qilmoqda, u «Istiqlol»ning qisqa vaqtda o‘zgargani haqida nima deydi?

- Server, prinsipial raqibni chiroyli tarzda mag‘lub etdinglar. Yirik hisobli g‘alaba asosan nimaning evaziga keldi, sizningcha?

- Haqiqatan ham, turnir nuqtai nazaridan bu uchrashuv har ikki jamoa uchun muhim edi. G‘alaba qozongan taqdirda sovrinli o‘rinlar uchun kurashish imkoniyatini oshirib olardik.

Xullas, kuchli ishtiyoq samarasi o‘laroq, zarur 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Shuningdek, yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalanganimiz yirik hisob omili bo‘ldi.

- «Istiqlol» ikkinchi davrada tezlikni oshirdi. Chempionatning birinchi yarmida jamoaga nima yetishmagandi?

- Bilasizmi, o‘tgan yili ham xuddi shunday holat kuzatilgandi. Ochig‘i, buning asl sababini o‘zimiz ham tushunmadik. Eng muhimi - mavsumning so‘nggi turlarigacha hozirgi ko‘tarinki kayfiyatni saqlab qolish.

Eron chempionatida raqobat naqadar balandligini turnir jadvaliga nazar tashlab, osongina payqash mumkin. Deylik, hozir 3-7-o‘rinlarda borayotgan 5ta jamoa hisobida 38tadan ochko bor. Endi medallar uchun kurash qanday kechayotganini tasavvur qilib olavering.

- Lekin peshqadam - «Piruzi» ta’qibchilardan sezilarli darajada oldinda. Ko‘rinishidan, bu klub chempionlik masalasini hal qilib ulgurdi...

- Ha, bu fikrga qo‘shilishdan boshqa choram yo‘q. Axir «Piruzi» 57 ochkoga ega. Uning eng yaqin ta’qibchisi - «Zob-Ohan»da esa 41 ochko bor. Xullas, o‘rtadagi 16 ochkolik farqni yo‘qqa chiqarish oson emas. Demakki, 6-7ta jamoa «kumush» va «bronza» uchun kurash olib boradi.

- «Istiqlol» kamida hozirgi mav-qeini saqlab qolishga qodirmi?

- Umuman olganda, hozir 2-o‘rinni ko‘zlayapmiz.

- Joriy mavsum 4ta gol urish barobarida yana shunchasiga hammualliflik qildingiz. Bilamizki, Eron chempionatida jismoniy kurashga jiddiy e’tibor qaratiladi. Bu holat sizga qiyinchilik tug‘dirmayaptimi, o‘zingizni qanday his qilyapsiz?

- Ochig‘i, shunday futbolga ko‘nikib, moslashib ulgurdim. O‘zi tabiatan kurashlarga boy o‘yin tarafdoriman. Umuman, Janubiy Koreya chempionatidagi faoliyatdan keyin Eron futboli men uchun murakkab emas. Nima demoqchi ekanligimni tushundingiz (kuladi).

- Jamoangiz OCHLda ham muvaffaqiyatli start oldi. Ortda qolgan 2ta o‘yin haqida nima deya olasiz?

- Ularda g‘alaba va durang qayd etdik. Guruhimiz juda kuchli ekanligini bilamiz. Shuning uchun OCHL o‘yinlariga o‘zgacha yondashmoqdamiz.

- Klub rahbariyati OCHL uchun aniq vazifa belgilaganmi?

- Albatta. Busiz iloji yo‘q. Birinchi navbatda, guruhdan chiqishimiz kerak.

- OCHLdagi klublarimiz - «Lokomotiv» va «Nasaf» o‘yinlarini ham kuzatib boryapsizmi?

- «Loko» juda yaxshi boshladi - asosiy raqiblardan birini o‘ta yirik hisobda yengdi. Eronda ham ijobiy natijaga erishishi mumkin edi. Lekin o‘sha kuni «temiryo‘lchilar»dan omad yuz o‘girdi.

Adashmasam, 2-turdan so‘ng guruhdagi 4ta jamoa hisobida ham 3tadan ochko bor. Bu qolgan o‘yinlar o‘ta qizg‘in kechishini ta’minlaydi. «Nasaf» ham g‘alaba qozonganini inobatga olsak, bemalol «pley-off» yo‘llanmasi uchun kurashishi mumkin.

Fursatdan foydalanib, har ikki jamoamizga omad tilayman. Zero, OCHLdagi har bir muvaffaqiyat o‘zbek futboli obro‘sini ko‘taradi. 

- 1 mart kuni Superliga o‘yinlariga start beriladi. Yuqori liga ishtirokchilari soni 12taga qisqartirildi. Umuman, futbolimizdagi o‘zgarishlar jarayonidan nechog‘li xabardorsiz?

- Jamoalar soni uncha muhim emas. Asosiysi - chempionatning nech-ta o‘yini haqiqiy kurash ostida kechishi. Faoliyatim davomida 12ta jamoa ishtirok etadigan chempionatda ham o‘ynaganman. Lekin o‘sha birinchilik va milliy chempionatimizni o‘zaro taqqoslash qiyin. Hammasini vaqt ko‘rsatadi.

- Do‘stingiz Temur Kapadze milliy terma jamoamizga vaqtincha bosh murabbiy bo‘ldi...

- Temur bilan gaplashdim, uni tabrikladim. Ha, zimmasiga o‘ta mas’uliyatli vazifa yuklandi.

- Senegal va Marokash terma jamoalariga qarshi kechadigan o‘rtoqlik o‘yinlari uchun e’lon qilingan tarkibda yo‘qsiz. Buni qanday qabul qildingiz?

- O‘zbekistonda 33 million kishi yashaydi. Tarkib bo‘yicha hammada turlicha fikr. Shaxsan o‘zim bu holatga jiddiy e’tibor qaratmadim. Futbolimiz rahbarlari va bosh murabbiy shunday hisoblashgan ekan, demak, hammasi to‘g‘ri...

- Lekin terma jamoadan chaqiruv olishga hali umidvorsiz, shundaymi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:35, 04.03.2018.
O'qildi: 9945 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.