Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Bugun futbol. “Nasaf” – “Al Sadd”

Bugun futbol. “Nasaf” – “Al Sadd”

Baho:
+3 | -

Bugun Qarshi shahri qit’amizning klublari o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqa -Osiyo chempionlar ligasining yana bir uchrashuviga mezbonlik qiladi. Muhtasham “Markaziy” stadionida, mamlakatimiz futbol ishqibozlarining sevimli jamoasiga aylanib borayotgan “Nasaf” jamoamiz, Qatarning “Al Sadd” jamoasini qabul qiladi.

 

OCHL-2018. “S” guruhi, 3-tur

“Nasaf” (O‘zbekiston) – “Al Sadd” (Qatar)

05.03.2018. “Markaziy” stadion. 18:30da

Bosh hakam: Iida Jumpei (YAponiya)

Qanot hakamlari: Ochi Shinji (YAponiya), Karakami Satoshi (YAponiya)

To‘rtinchi hakam: Alibek Sapayev (Turkmaniston)

Nazoratchi: Husayn Milajerdi Askari (Eron)

Komissar: Lee Sang Von (Janubiy Koreya)

 

Bugun yigitlarimiz nafaqat klubimiz sharafini, balki Sohibqiron Amir Temurdek bobomiz tug‘ilib, voyaga yetgan yurt sha’nini himoya qilishadi. Millionlab yurtimiz futbol ishqibozlari “Nasaf”dan g‘alaba kutmoqda. Ular bugun futbolchilarimiz bilan stadionda, teleekran qarshisida yelkama yelka turishadi. Ishqibozlik qilishadi. Dalda bo‘lishadi.

Futbolchilarimiz esa, bugun bor kuchlari va mahoratlarini ishga solishadi, futbol ishqibozlariga quvonch hadiya etishadi.

Bugun ana shunday kayfiyat va niyatlar bilan Qarshida tong otdi.

“Nasaf” bugun Osiyo chempionlar ligasidagi 21-uchrashuvida maydonga tushadi. Bu safar raqib ancha jiddiy. “Al Sadd”ni guruhimizda hali hech bir jamoa to‘xtata olgani yo‘q. Jamoamiz bugun bunday sharafga erishishini juda hohlaymiz va ishonamiz.

Bugun ming-minglab futbol ishqibozlari “Markaziy” stadionimizga tashrif buyurishadi. Aslida vohamiz futbol ishqibozlari mamlakatimizdagi eng baxtli futbol ishqibozlaridan sanalishadi. Negaki, ularga milliy chempionatimiz uchrashuvlari bilan birga, OCHL o‘yinlarini ham tomosha qilish nasib etmoqda. Bunday uchrashuvni stadionda turib tomosha qilishga nima yetsin. Nafaqat qiziqarli futbolga guvoh bo‘lish, balki stadiondagi muhitda ishtirok etib, hayot tashvishlaridan biroz bo‘lsada forig‘ bo‘lib hordiq chiqarish qanday yaxshi.

Shunday ekan, aziz futbol ishqibozlari bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmang!

“Markaziy”ga marhamat qiling!

Manba: fc-nasaf.uz
Kiritildi: 08:13, 05.03.2018.
O'qildi: 8388 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.