APL fevral oyining eng yaxshi futbolchisini aniqladi.
U "Liverpul" yarimhimoyachisi Muhammad Saloh bo‘ldi. Fevral oyida 3 o‘yinda 4 ta gol urgan misrlik futbolchi 37 foiz ovoz to‘pladi.
Ikkinchi o‘rinni19 foiz ovoz bilan uning jamoadoshi Roberto Firmino oldi.
Saloh bu mavsumda uchinchi marta oy o‘yinchisi nomiga sazovor bo‘lmoqda.