Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston MTJ va Zaif eshituvchilar terma jamoasi a’zolari taqdirlanishdi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston MTJ va Zaif eshituvchilar terma jamoasi a’zolari taqdirlanishdi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston futbol Assosiasiyasida Xitoy Taypeyida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida bronza medallarini qo‘lga kiritgan futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Taylandda o‘tgan 18 yoshgacha bo‘lgan Zaif eshituvchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘alaba qozongan futzalchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘FA mas’ullari, futzalchilar va OAV vakillari ishtirok etishdi. 

Xabaringiz bor, futzal bo‘yicha milliy terma jamoamiz Xitoy Taypeyidagi Osiyo chempionatida 3-o‘rin uchun bahsda Iroq terma jamoasini mag‘lub etib, bronza medallarini qo‘lga kiritishgandi. Ushbu yuksak natijaga erishgan futzal terma jamoasining har bir a’zosiga 24 564 000 so‘m miqdorida mukofot puli berildi.   

O‘tgan yili Taylanda o‘tgan U-18 World Deaf Futsal Championship — futzal bo‘yicha zaif eshituvchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olib chiqqan futzalchilar esa ushbu ajoyib g‘alaba uchun 15 dekabr kuni O‘zbekiston futbol federasiyasida bo‘lgan marosimda mukofotlanishgan edi. O‘shanda har bir futzalchiga 2 000 000 so‘m miqdorida mukofot puli taqdim qilingan. Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, U-18 World Deaf Futsal Championship norasmiy musobaqa bo‘lib, FIFA tasnifiga kirmaydi. 

O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi qaramog‘ida esa faqat FIFA tasnifiga kiruvchi terma jamoalar bo‘ladi. Shunga qaramay, U-18 World Deaf Futsal Championship — futzal bo‘yicha zaif eshituvchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatidag‘olib chiqib, Vatanimiz bayrog‘ini yuksakka ko‘targani uchun yosh futzalchilarga O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi yana bir bor mukofot pullari taqdim qilishga qaror qildi. Bu safar Zaif eshitiuvchilar terma jamoasining har bir a’zosiga 16 376 000 so‘m miqdorida mukofot taqdim qilindi. 

Futzalchilarga mukofot pullarini O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov topshirdi.

"Qo‘lga kiritilgan yuksak natijalar bilan barchangizni yana bir bor tabriklayman. Erishilgan bu yutuqlar bilan to‘xtab qolmanglar. Oldinga intilishda davom etinglar. Buning uchun O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Barchamiz bir oila bo‘lib, birgalikda harakat qilsak, bundan ham katta natijalarni qo‘lga kiritamiz", - dedi Umid Ahmadjonov.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 15:09, 12.03.2018.
O'qildi: 3345 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.