Bu yilgi chempionatimiz ancha qiziqarli o‘tishi ko‘zga tashlanib qoldi. Balki ilk taassurot aldamchi bo‘lar, lekin jamoalar sonining qisqartirilishi futbolimiz rivojiga xizmat qiladigan ko‘rinyapti.
Dastlabki turda mamlakat vise-chempioni «Nasaf» ochko yo‘qotdi, «Bunyodkor» o‘z maydonida mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. O‘tkazilgan 6ta o‘yinning teng yarmida jamoalar murosaga kelishdi. Uchta bahsning ikkitasida mezbonlar va yana birida mehmonlar ko‘chasida bayram bo‘ldi. Uch ochkoni qo‘lga kiritgan jamoalardan biri «Buxoro» o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida «Qo‘qon-1912»ni taslim etdi.
Biz mazkur uchrashuvdan so‘ng buxoroliklarning yagona goli muallifi, tur qahramonlaridan biri Artyom Filiposyanni suhbatga chorladik.
- Artyom, uchrashuv har ikki jamoa uchun ham juda qiyin kechdi. Keling, suhbatimizni o‘yin taassurotlari haqidagi fikringiz bilan boshlasak.
- «Qo‘qon-1912» yaxshi shakllangan jamoa, shu bois o‘yin biz uchun oson kechmadi. Raqib tarkibida mahoratli futbolchilar yetarli. Shunga qaramay, bahsni o‘z foydamizga hal qildik.
- Murabbiylar o‘yindan oldin qanday ko‘rsatma berishgandi?
- To‘pni ko‘proq o‘z nazoratimizda ushlab turish kerakligini aytishdi. Mehmonlar darvozasi tomon bosimni kuchaytirishimizni uqtirishdi. Biz bu ko‘rsatmalarni bajara oldik, deb o‘ylayman.
- «Qo‘qon-1912» kutilgan qarshilikni ko‘rsata oldimi?
- Ha, shubhasiz. Garchi o‘z darvozalaridan gol o‘tkazib yuborgan bo‘lishsada, himoyada yaxshi o‘yin namoyish etishdi. No‘’mon Hasanov ajoyib jamoa shakllantiribdi.
- Mavsumlar oralig‘ida «Buxoro» tarkibiga bir guruh yangi futbolchilar kelib qo‘shilishdi. Ular jamoaning o‘yiniga qay darajada qo‘shilib keta olishyapti?
- Hozircha bir-birimizni to‘liq tushunib ketdik, deya olmayman. Buning uchun vaqt kerak. «Qo‘qon-1912»ga qarshi bahsda bizga shu omil pand berdi. Nasib qilsa, 4-5ta o‘yindan so‘ng muammo bartaraf etiladi.
- Superliganing 1-turi ortda qoldi. Ko‘pchilik qanday bo‘lar ekan, degan savollarni bergandi. Ilk o‘yinlar haqida nima deya olasiz?
- Sport telekanali sabab 1-turning barcha o‘yinlarini ko‘rdim. Birida o‘zim ishtirok etdim (kuladi). Barcha uchrashuvlarning jonli efirda berilishi muxlislar uchun sovg‘a bo‘ldi.
Hozircha tayinli fikr bildirish qiyin. Hamma bir xil saviyada. Hech kimga oson bo‘lmaydi. Fikrimcha, bu yilgi chempionat ancha kuchli va qiziqarli tarzda kechadi.
- Birinchi turdagi qaysi natijani kutilmagan, deb hisoblaysiz?
- To‘g‘risini aytsam, birorta klub haqida gapirmoqchi emasman. Men uchun jamoamizning g‘alabasi eng muhimi bo‘ldi.
- O‘yinda yagona g‘alaba to‘pini kiritdingiz. So‘nggi bor oliy ligada qachon gol urganingiz esingizdami?
- Darvozani ishg‘ol qilganimdan xursandman, lekin men uchun jamoamning g‘alabasi va muxlislarning quvonchi muhimroq. Kim gol urishining unchalik ahamiyati yo‘q. So‘nggi bor o‘tgan yili «Lokomotiv» darvozasiga to‘p kiritgandim.
- Superligada 12ta jamoaning ishtirok etayotgani yaxshi bo‘ldimi?
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.