Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

YECHL. «Barselona» o‘z maydonida «Chelsi»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

YECHL. «Barselona» o‘z maydonida «Chelsi»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

Baho:
+ | -

UYEFA chempionlar ligasi 1/8 finali dorasidagi «Barselona» hamda «Chelsi» o‘rtasidagi javob uchrashuvi o‘z poyoniga yetdi.

O‘yin kutilganidek shiddatli va muxlisbop tarzda o‘tdi. Bahsni mezbonlar tezkor gol bilan boshlashdi. Uchrashuvning 3-daqiqasida kataloniyaliklarning tashkil etgan ajoyib kombinasiyasini Messi ayyorona zarba bilan golga aylantirdi, 1:0.

Mazkur goldan so‘ng londonliklar ham oldinga o‘tib, vaziyatlar yaratishga urinib ko‘rishdi. Biroq 20-daqiqaga kelib qarshi hujumni o‘tkazib yuborishdi.

Mazkur vaziyatda Lionel Messi birin ketin raqibdan o‘tib ketib, qulay vaziyatda turgan Usmon Dembelega to‘pni uzatdi va fransiyalik yosh hujumchi kuchli zarba bilan to‘pni darvozaning olis yuqori burchagiga joylab qo‘ydi, 2:0.

Mazkur goldan so‘ng o‘yin yanada keskinlashib ketdi va futbolchilar har bir vaziyat uchun jon-jahdlari bilan kurashishdi, ammo bir qator vaziyatlarga qaramay, dastlabki 45 daqiqalikda boshqa gol urilmadi.

Ikkinchi bo‘limni mezbonlar yana hujumkor ruhda boshlashdi. 46-daqiqadayoqhisob yiriklashishi mumkin edi, ammo Suaresning zarbasidan so‘ng Tibo Kurtua «Chelsi» joniga oro kirdi.

Keyingi daqiqalar esa asosan londonliklarning urunishlari ostida kechdi, «Barselona» esa to‘psiz holda o‘z vaziyatini kutdi hamda imkon tug‘ilgan zahoti raqibni jazolashga urindi.

Bunga erishdi ham – 63-daqiqaga kelib anashunday qarshi hujumlardan biri Lionel Messining dubli bilan yakunlandi, 3:0.

Uchinchi goldan so‘ng esa o‘yindagi keskinlik biroz pasaydi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. To‘g‘ri jamoalar vaqti-vaqti bilan hujumga o‘tib yaxshigina vaziyatlar ham yaratishdi, ammo ayniqsa, «Chelsi»ning hujumlarida so‘nggi pallaga kelib, nimadir yetishmay qolaverdi.

Shu bilan birga qayd etish kerakki, kataloniyaliklar ijro etgan burchak zarbasidan so‘ng Tibo Kurtua darvozasini to‘rtinchi goldan saqlab qolgan bo‘lsa, «Chelsi» ijrosidagi yana bir burchak zarbasida Rudigerning zarbasini darvoza to‘sini qaytardi. Ammo o‘yinda boshqa shol urilmadi.

Birinchi o‘yin – 1:1, ikkinchi o‘yin – 3:0 - «Barselona» keyingi bosqichda.

YECHL. 1/8 FINAL.

Barselona Ispaniya – Chelsi Angliya 3:0 (2:0)

14 mart, «Kamp Nou»

Gollar: 1:0 – 3 Messi, 2:0 – 20 Dembele, 3:0 – 63 Messi.

Barselona: ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Rakitich, Serdji Roberto, Inyesta (Paulinyo, 56), Buskets (Andre Gomesh, 61), Dembele (Aleish Vidal, 67), Messi, Suares.

Chelsi: Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Mozes (Dzappakosta, 67), Villian, Fabregas, Azar (Pedro, 82), Kante, Alonso, Jiru (Morata, 67).

Ogohlantirishlar: Serji Roberto (22), Villian (45), Jiru (49), Alonso (75).

Birinchi uchrashuv – 1:1

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:42, 15.03.2018.
O'qildi: 8531 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.