Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Qashqadaryoning er o‘g‘loni

Qashqadaryoning er o‘g‘loni

Baho:
+1 | -

Avvalambor, bu maqolaning sarlavhasi ustida ko‘p o‘yladim. Osiyo chempionlar ligasida “o‘lim guruhi”da jon saqlayotgan Qarshi shahri klubi ustozini boshqacha ta’riflay olmadim. Keling, bir boshidan boshlaylik.

Hozirgi kunda yurtimizda eng muxlisi ko‘p jamoalardan biri bo‘lib ulgurgan “Nasaf”ning so‘nggi 5 yillikdagi o‘yin uslubini kuzatgan muxlislar, unda chempionatimizdagi boshqa jamoalarda yo‘q bir narsani sezgan bo‘lsa ajab emas. Albatta, bu futbolchilardagi ishtiyoq, oddiyroq qilib aytganda, “Nasaf” futbolchilarining ko‘zlari yonib turishi, u chempionat o‘yini bo‘ladimi, xalqaro musobaqa bo‘ladimi, ular maydonda so‘nggi sekundlargacha kurashdan to‘xtashmaydi. Ular hech ham vaqt cho‘zishmaydi. Muxlislarning asablarini sinaydigan darajada himoyaga yotib ham olishmaydi. Doim hujumkor va agressiv futbol ko‘rsatishadi.

Keling, Qarshidagi “Nasaf”– “As- Sadd” o‘yini eslaylik. Qarshidagi markaziy stadionga kelgan muxlislar “ajdarlar” ning haqiqiy kuchini ko‘rishdi. Osiyoning eng badavlat klublari qatoriga kiruvchi klub o‘zining dongdor murabiyi, mashhur legionerlari bilan har qancha maqtansa arziydi. Lekin o‘sha kuni ularning hammasiga qarshi Ro‘ziqul Berdiyevning bir o‘zi bas kela oldi (albatta futbolchilari yordamida). O‘sha o‘yinda Berdiyevning murabbiylik imzosi yaqqol namoyon bo‘ldi. Jamoa o‘sha kuni bemalol yirik hisobda g‘alaba qozonsa bo‘lardi. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda juda ko‘p vaziyatlar yaratildi. Raqib deyarli hech nima qila olmadi. O‘sha o‘yindan so‘ng Ro‘ziqul Berdiyevning murabbiy sifatida ancha o‘sishga erishganini juda ko‘pchilik tan oldi.

To‘g‘ri, javob o‘yinida “Nasaf” yirik hisobda yutqazdi, lekin jamoaning qanday qudratga ega ekanligini butun qit’aga ko‘rsatib qo‘ydi. Inson sifatida sodda, samimiy,kamtar bu murabbiy matbuot anjumanlarida ham o‘zini haqiqiy o‘zbekona tutadi.

Ustoz sifatida ancha yutuqlarga erishishga ham ulgurdi, desak bo‘ladi. Uning shogirdlari bizga 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionligini taqdim etishda katta xizmat ko‘rsatishdi. Turnirning eng yaxshi o‘yinchisi ham “Nasaf” klubi a’zosi sanalishini qaytarish shart bo‘lmasa kerak.

Ro‘ziqul Berdiyevning ikkita kuchli jihatini aytmasak bo‘lmaydi. Birinchisi, legionerlarni yaxshi tanlay olish bo‘lsa, ikkinchisi esa uning yosh iqtidorlarni kashf eta bilish mahoratidir. “Nasaf” mana bir necha yillardan beri har mavsum asosiy o‘yinchilari bilan xayrlashadi. So‘ng birdaniga uning o‘rnini Berdiyev boshqa o‘yinchi bilan shunday to‘ldiradiki, muxlislar ketgan futbolchini hatto eslamay ham qo‘yishadi.



Bu murabbiy so‘nggi yillarda yurtimiz futboliga katta hissa qo‘sha oldi. “Nasaf” klubi futbolkasini kiyib maydonga tushgan futbolchi borki, maydonda borini beradi, oxirigacha o‘ynaydi, raqibni ham, o‘zini ham ayamaydi. Ayniqsa, Qarshidagi o‘yinlarda anchadan beri hech qaysi raqib xursand bo‘lib ketmayapti. Oddiy misol, o‘tgan mavsumda 2-o‘rin masalasini hal qilgan “Paxtakor” bilan bo‘lgan o‘yinni eslang. Maqolaning boshida aytilganimizdek, agressiv va hujumkor futbol “Nasaf”ning futbol falsafasi sifatida o‘yinchilarga singib ketganini sezasiz. “Nasaf” haqiqiy xalqona, to‘g‘riroq aytsak, “Xalq jamoasi”ga aylanib borayapti. Uning xalqaro miqiyosdagi o‘yinlarida butun o‘zbek xalqi “Nasaf”ni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu yutuqlarda, albatta, Ro‘ziqul Berdiyevning xizmatlari katta. Biz bu iqtidorli murabbiyga kelajakdagi ishlariga omad va zafarlar tilab qolamiz. Biz sizga ishonamiz, Ro‘ziqul aka!
Olg‘a “Nasaf”, o‘zbek xalqi sen bilan FAXRLANADI!

Yahyoxo‘ja ULUG‘XO‘JAYEV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:23, 18.03.2018.
O'qildi: 6167 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.