Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘tmishga sayohat: «Paxtakor»ning qoyilmaqom yettiligi va hakam (fotogalereya)

O‘tmishga sayohat: «Paxtakor»ning qoyilmaqom yettiligi va hakam (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Turli davrlarda «Paxtakor» va boshqa klublarimizda to‘p surgan 7 nafar taniqli futbolchi o‘tgan yili 80 yoshli yubileyini tantana qilardi... agarda hayot bo‘lganlarida.

Ular o‘yinchilik faoliyatlarini yakunlashgach, murabbiy sifatida ham mamlakatimiz futboli taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shishgan.

Demak, bugun shu qoyilmaqom yettilik va uzoq yillar davomida O‘zbekiston futbol federasiyasida ishlagan taniqli hakam Nikolay Nadejdinni xotirlaymiz.

Yuriy BELYAKOV (1937-2001)

«Paxtakor» jamoasini sobiq ittifoq oliy ligasida qatnashadigan holatda shakllantirish jarayonida murabbiylar Belyakovning tezligi, jonkuyarligi va tug‘ma iqtidoriga alohida e’tibor qaratishgan. Zero, hujum chizig‘ida o‘ynovchi Yuriy darhaqiqat, noyob xususiyatlarga ega edi.

U ayniqsa, raqib jamoa jarima maydonchasining «qaynoq nuqtalari»da paydo bo‘lishni qoyillatardi. Asosiysi, hujum vaqti to‘g‘ri qarorga kelish asnosida darvozani nishonga olishni paysalga solmasdi sira. Yuriy Belyakov futbolchilik faoliyatini tugatgach, o‘tgan asrning 60-70-yillari O‘zbekistonning ikkinchi ligadagi jamoalarida murabbiy sifatida ishlagan.

Vyacheslav KOLSOV (1937-2001)

Vyacheslav Kolsov futbolga Toshkentning «Mehnat zaxiralari» («Trudovo‘ye rezervo‘») jamoasi orqali kirib kelgan. 1960 yildan e’tiboran esa mashhur Yuriy Pshenichnikovning o‘rinbosari rolini bajardi. 1963 yilgi mavsumda «Politotdel» klubi safiga qo‘shilgan darvozabon keyinchalik (1968 yili) «Sport ustasi» unvoniga munosib ko‘rilgan.

Kolsov murabbiylik ishiga o‘tgach, avvaliga turli jamoalarimizni boshqardi, so‘ngra jonajon klubi - «Paxtakor»da seleksioner sifatida faoliyat yuritdi. 1979 yili mash’um fojia ro‘y bergach, Kolsov halok bo‘lganlar yaqinlari bilan aloqa o‘rnatishdek og‘ir yukni o‘z zimmasiga oldi.

Umuman, u samimiyligi, mehribonligi va doimo o‘zgalarga yordam berishga tayyorligi bilan ajralib turardi. «Paxtakor»ning qayta tiklanishi va 1982 yilgi mavsumda sobiq ittifoq oliy ligasida 6-o‘rinni qo‘lga kiritishida Vyacheslav Kolsovning xizmati katta.

Aynan shu natija uchun unga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy» unvoni berilgan. Kolsov 1988 yildan Moskvada Umuminsoniy qadriyatlar akademiyasida ishlaganini ham qo‘shimcha qilish joiz.

Oleg  MOTORIN (1937-1978)

Motorin 17 yoshida vaqtida ancha tanilgan Toshkentning ODO jamoasida to‘p surgan. «Paxtakor» klubi tuzilganidan keyin birinchi tarkib futbolchilari (asosan «spartakchilar») Motorinni o‘z yonlariga chorlashadi. «Paxtakor» oliy ligada o‘ynay boshlaganida, murabbiy A.Keller uni yangi pozisiyaga suradi.

Toshkent jamoasi shu tariqa birinchilardan bo‘lib himoyada pozision o‘yinchi (xatolarni to‘g‘rilash uchun)dan foydalanadi. Oleg Motorin bu vazifani munosib uddalagandi. Biroq afsuski, Oleg keyinchalik tartibni tez-tez buzishga odatlanadi va oqibatda sport faoliyatini ancha erta tugatadi. Qolaversa, alohida iqtidorga ega bo‘lgan futbolchi 41 yoshida yorug‘ hayotdan ko‘z yumgandi.

Stanislav SEMYONOV (1937-1988)

Stas (uni shunday erkalashardi) hammasini «Pishevik» stadionida boshlagan. Yuqori intellektual sohibi sportga qiziquvchi ko‘pchilik uchun namuna sifatida maktabdagi tahsilni oltin medal bilan tugatgan. Semyonov «Paxtakor» safiga 1957 yili himoyachi sifatida qo‘shiladi.

1960 yili toshkentlklar oliy ligada klub tarixidagi ilk o‘yinda maydonga tushganlarida, 11 nafar asosiy futbolchi orasida Semyonov ham bor edi. «Paxtakor» yana 2 yildan so‘ng chempionatda faxrli 6-o‘rinni egallaydi. Semyonov ke-yinchalik «Politotdel»da o‘ynaydi va 1968 yili futbolchilik faoliyatiga yakun yasab, murabbiylik ishini boshlaydi.

U xususan, «Metallurg» (Olmaliq), «Narimanovchi» va boshqa jamoalarga ustozlik qiladi. Stanislav Semyonov 1988 yili fojiali tarzda hayotdan ko‘z yumadi. Muhimi, futbol estafetasini o‘g‘li - Alekseyga topshiradi.

Ya’ni farzandining «Paxtakor»dagi o‘yinlarini ko‘radi. Darvoqe, Aleksey 1995 yili Farg‘onaning «Neftchi» jamoasida to‘p surib, O‘zbekiston chempioni bo‘lish barobarida mamlakat kubogi sohibiga aylanadi.

Vitaliy  SUYUNOV (1937-2016)

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:27, 21.03.2018.
O'qildi: 6802 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.