Hozirgi kunda millionlar o‘yini futbol milliardlar o‘yiniga aylandi. Bu yerda milliardlar nafaqat futbol muxlislarini, balki ajoyib sport turi hisobidan kelayotgan pullarni anglatishi hozirda hech kimga sir emas. Hozirda OAV orqali qaysidir futbolchini turli sabablarga ko‘ra sudga «chaqiruv qog‘ozi»ni olayotganini kuzatmoqdamiz. Biz ham tasavvurlarimizni ishga solib ana shunday muammolarga duch kelgan futbolchilardan yangi terma jamoa yasadik.
Darvozabon
David De Xea ("Manchester Yunayted")
Nega ayblangan? The Independent nashrining ma’lumotiga ko‘ra, u shahvoniy kinolar bo‘yicha rejissyor Ignasio Fernandes yaxshi tanish bo‘lgan. «Taniqli» rejissyor bolalardan bunday ahmoqona kinolarda foydalangani uchun sudlangan. O‘sha paytda Isko ham bu borada ayblangan. Yakunda ikki futbolchi ham oqlangan va aybsiz deb e’lon qilingan.
Ximoya
Teo Ernandes
Nega ayblashgan? El Espanol nashrining xabariga ko‘ra futbolchini 20 yoshli qizni zo‘rlashda ayblangan. «Jabrlanuvchi»ning so‘zlariga qaraganda futbolchi unga kuch ishlatish bilan tahdid qilgan. Yakunda futbolchi aybsiz ekanligi isbotlandi.
Lyuka Ernandes (Atletiko)
Nega ayblashgan? Futbolchi yoqtirgan qiziga alkogol ta’sirida qo‘l ko‘targanlikda ayblangan. Sud uni 31 soat ahloq tuzatish ishlariga jalb qilish bo‘yicha qaror chiqargan.
Adriano ("Beshiktosh", avval "Barselona"da o‘ynagan)
Nega ayblashgan? Soliqlar muammosi tufayli sudga «taklif qilingan» Marca nashrining so‘zlariga qaraganda futbolchi 700ming yevro to‘lashi kerak.
Fabiu Koentrau
Nega ayblashgan? Soliqchilar futbolchidan dastxat olish uchun sudga taklif qilishmagani aniq. To‘lanmagan soliq miqdori-1,3 mln yevro
Yarim himoya
Xaver Maskerano ("Xebey Chayna Forchun")
Nega ayblashgan? Yana eski «mashmasha» to‘lanmagan soliq miqdori-1,5 mln. yevro.
Luka Modrich (Real Madrid)
Nega ayblashmoqda?: Xorvatiyalik yarim himoyachi sudga yolg‘on ma’lumotlar taqdim etganlikda ayblanmoqda. Agar bu ish isbotlansa, futbolchi 5 yil futbolni qamoqxonada o‘ynashiga to‘g‘ri keladi.
Hujum
Neymar (PSJ)
Nega ayblanmoqda? Braziliyalik futbolchi ham soliqchilar bilan «kelisha olmagan». Soliqchilarning fikriga ko‘ra, futbolchi 16 mln yevrolik daromadini yashirgan. Undan tashqari «Barselona» klubi «Santos»ga qancha miqdorda pul to‘lagani ham hozirgacha sir bo‘lib qolmoqda. Bu ham Neymar uchun katta muammo bo‘lishi mumkin.
Lionel Messi ("Barselona")