Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Diqqat stadionga vertolyot qo‘nmoqda yoxud o‘yin chog‘idagi favqulodda hodisalar

Diqqat stadionga vertolyot qo‘nmoqda yoxud o‘yin chog‘idagi favqulodda hodisalar

Baho:
+ | -

Futbol maydonida vertolyotga nima bor? U qayerdan uchib keldi va nima uchun? Yaqinda Angliya chempionati tizimida saviya bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turuvchi divizion - League Two doirasidagi «Chesterfild» - «Linkoln» o‘yini maydonga qo‘qqisdan vertolyot qo‘ngani tufayli to‘xtatildi.

Ushbu noodatiy voqelik sababi ancha jiddiy: muxlislardan birining ahvoli og‘irlashgach, stadion xodimlari tibbiy vertolyot chaqirishdi.

Muhimi, «Tez yordam» tezda yetib keldi va kutilmagan tanaffus chamasi yarim soatga cho‘zildi. Umuman, futbol tarixini chuqurroq «kavlasak», bu kabi favqulodda hodisalar yetarlicha kuzatilganiga amin bo‘lamiz.

Azon

Saudiya Arabistonida o‘yin dinga bog‘liq sabablar tufayli tez-tez to‘xtatib turiladi. Xususan, xorijlik mutaxassislar ham mahalliy qoidalarga hurmat bilan qarashadi.

Deylik, ushbu mamlakatda ishlayotgan angliyalik hakam Mark Klattenburg yanvar oyida «Qirol kubogi» doirasidagi «Al-Feyxa» - «Al-Fotih» o‘yinini to‘xtatib turdi. Stadionga qo‘shni masjiddan azon tovushi eshitilgan vaqt hisob 1:1 edi va o‘yinning qo‘shimcha bo‘limlari davom etayotgandi.

Xullas, Klattenburg azonni eshitgani hamono maxsus hushtak chalib, barchani biroz tin olishga taklif etdi. Mashhur referining ushbu ishi mahalliy muxlislar va klublar rahbarlariga xush yoqqani aniq.

Soch turmagi

Yana Saudiya Arabistoni. Lekin bunisi umuman kutilmagan voqea. Hammasi 2 yilcha oldin «Al-SHabab» - «Al-Qodisiya» o‘yinida ro‘y berdi. Mehmon jamoa hujumchisi mezbonlar darvozaboni Volid Abdullaning soch turmagi shariat qoidalariga zid ekanligiga e’tibor qaratib, hakamga e’tiroz bildirdi.

Referi esa shu zahoti o‘yinni to‘xtatib, «Shabab» rahbariyatiga ikki variantdan birini tanlashni taklif etdi: golkiperni almashtirish yoki uning kokillarini kesib tashlashni. Klub ikkinchi variantni ma’qul ko‘rib, Abdullani maydonda qoldirdi.

Islom dini va mahalliy an’analarga to‘g‘ri kelmaydigan soch turmaklari bo‘yicha taqiq mamlakat futbol federasiyasi va Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan joriy qilinganini ham aytish joiz.

Mashina

«Qoch, avtomobil!» BAA chempionati (yoshlar o‘rtasida)dan o‘rin olgan «Al-Jazira» - «Al-Ahli» o‘yini ishtirokchilari bir-birlariga shu ma’noda xitob qilishdi. Gap shundaki, o‘yin davom etayotgan pallada «Folk-svagen» rusumli mashina katta tezlikda maydonga bostirib kirdi.

Bunaqasi boshqa hech qayerda kuzatilmasa kerak. Xullas, haydovchi avtomobilni maydon markazigacha haydab borib, ortga qaytdi. Buning natijasida o‘yinda 16 soniyalik tanaffus yuzaga keldi.

Buqa

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 21:05, 24.03.2018.
O'qildi: 8100 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.