Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Italiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi (1:1) haqida gapirdi.
"Yaxshiyam bu jahon chempionati emas. Chiro Immobile dastlabki 17 daqiqada xet-trik qilishi mumkin edi.
O‘yin boshida juda bo‘sh ko‘rindik, o‘z jarima maydonimiz oldida to‘p yo‘qota boshladik. Keyin xotirjamroq bo‘ldik va bir nechta vaziyatlar yaratdik. Ulardan biri golga aylandi", - deydi Sautgeyt.